Zamonaviy informatika fanining rivojlanish istiqbollari
06.06.2018
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

Axborot kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanayotgan bugungi kunda informatika fanining rivoji va istiqbollari, bu fan oldida turgan dolzarb masalalar haqida talaba va o’quvchilarga o’z vaqtida ma’lumot yetkazish, bilim berish zamonaviy fan o’qituvchilari, ilmiy izlanuvchi olimlarning muhim vazifalaridir. Sababi fan shunchalik shiddat bilan rivojlanmoqdaki, agar bu bilimlar bugun talabalarga yetkazilmasa, ertaga eskirgan ma’lumotga aylanib qolishi hech gap emas. Shunday muhim vazifalarni amalga oshirishda ta’lim muassasalarida o’tkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanlar ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Informatika o’qitish metodikasi kafedrasida zamonaviy informatika fanining shakllanishi, rivojlanishi va istiqbollari masalalari izlanuvchilar va olimlar tomonidan keng o’rganilib kelinadi. Jadal rivojlanib borayotgan fan sirlarini o’rganish va bu bora­dagi yangi fikrlar bilan o’rtoqlashishni ko’zda tutib, 2018-yil 23-aprel kuni «Zamonaviy informatikaning dolzarb muammolari: o’tmish tajri­basi, istiqbollari» mavzusida tashkil etilib, o’tkazilgan Respublika il­miy-amaliy anjumani ham shunday maqsadga yo’naltirildi.

Ilmiy-amaliy anjumanning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilar: Respublikamizdagi ta’lim tizimi muassasalarida zamonaviy fanlardan biri va jamiyat rivojining asosi bo’lgan informatika fanining yutuqlari va ushbu fan taraqqiyotining turli sohalarida erishilgan natijalar, fanning oldida turgan vazifalar va kelajakdagi dolzarb muammolarni aniqlash va yechimlarini topish kabi masalalarni muhokama qilish deb belgilandi.

Anjumanni kirish so’zi bilan Nizomiy nomidagi TDPU rektori, p.f.d., professor Shavkat Sharipov ochdi. Yalpi majlisda: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti «Informatika o’qitish metodikasi» kafedrasi professori, Xalqaro pedagogika ta’limi va Turon fanlar akademiyasi akademigi A. Abduqodirov tomonidan «Umumiy ta’lim maktablarining ta’lim jarayonida AKTdan foydala­nish aspektlari» mavzusidagi ma’ruza, T. N. Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy-tadqiqot instituti direktori, p.f.d., professor N. Taylaqovning «Umumiy o’rta ta’lim maktablari­ning 10-sinfi uchun «Informatika va axborot texnologiyalari» fanidan yangi avlod darsligini yaratish asoslari» mavzusidagi ma’ruza, Xalq ta’limi vazirligi ZiyoNET bo’limi boshlig’i U. Taylaqovning «Zamonaviy informatika internetning milliy segmenti rivojlanishi bilan hamnafas bo’lishi zarur» mavzusidagi ma’ruza, t.f.n., dotsent X. Xaldarovning «Обеспечение непрерывности оценивания успе­ваемости студентов в системе электронного деканата» mavzusidagi ma’ruzalar ishtirokchilar tomonidan qizg’in kutib olindi.

«Zamonaviy informatikaning dolzarb muammolari: O’tmish tajribasi, istiqbollari» mavzusidagi anjumanda quyidagi:

  1. Informatika zamonaviy jamiyatning asosi sifatida.
  2. Zamonaviy informatikani o’qitish: maqsad, mazmun, usullar.
  3. Zamonaviy informatika o’qituvchisi tayyorlashning ilmiy-metodik tizimi.
  4. Elektron ilovalarni ishlab chiqish va qo’llash zamon talabi.
  5. Aniq va tabiiy fanlarni o’qitishda informatikaning o’rni va ahamiyati kabi masalalar ham muhokama qilindi.

Anjumanda O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi vakillari, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rahbariyati, professor-o’qituvchi va talabalari ishtirok etdilar. Bundan tashqari, respublikamizning boshqa oliy ta’lim muassasalaridan, jumladan, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti Termiz filiali, Qo’qon davlat pedagogika instituti, Qarshi davlat universiteti, Nukus davlat pedagogika instituti, Jizzax davlat pedago­gika instituti, Guliston davlat universiteti, Andijon davlat universiteti, Samarqand davlat chet tillari instituti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali, T. N. Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti, Samarqand davlat universiteti huzuridagi Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Toshkent shahar Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Toshkent temir yo’l muhandislari instituti, O’zbekiston Respublikasi IIV Yong’in xavfsizligi instituti, Toshkent avtomobil yo’llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya instituti, Navoiy davlat pedagogika instituti professor-o’qituvchilari, olim va mutaxassislar, shuning­dek, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari hamda umumta’lim maktablarining o’qituvchilari ham faol ishtirok etdilar. Jumladan, Sergeli tibbiyot kolleji, Sergeli yengil sanoat kasb-hunar kolleji, Termiz axborot texnologiyalari va turizm kasb-hunar kolleji, Toshkent temir yo’l muhandislari instituti akademik litseyi, Jizzax tibbiyot kolleji, Toshkent moliya iqtisodiyot kolleji vakillari, Yunusobod tumani 235-maktab o’qituvchilari tadbirda faol ishtirok etdilar. Anjumanda qabul qilingan qarorlar va tavsiyalardan foydalanishda kutilayotgan natijalar quyidagilardan iborat:

  • Anjuman natijalaridan kutilayotgan ilmiy samaradorlik — anjuman natijalari AKT taraqqiyoti tobora tezlashib borayotgan davrda ta’lim tizimida o’quv jarayonlarini tashkil qilishda informatika kabi zamonaviy fanlarni o’qitish yo’llari va unda mavjud muammolar hamda ularning yechimlarini o’rganish, shuningdek, ular haqidagi ilmiy tasavvurlar kengayishi, ilmiy jamoatchilikda bu borada shakllangan tushunchalarning aniq­lashtirilishi, umumlashtirilishi uchun xizmat qilishi mumkin.
  • Anjuman natijalaridan kutilayotgan ijtimoiy samaradorlik — anjuman natijalari ta’limni tashkil qilish, boshqarishda va o’quv jarayonlarini tashkil qilishda Informatika fani imkoniyatlari aniqlashtirilishiga xizmat qilishi mumkin.
  • Anjuman natijalaridan kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik — anjuman natijalari ishlab chiqarishda (kadrlarning innovatsion faoliyatida)gi munosabatlarining inson omili tufayli vujudga kelishi mumkin bo’lgan sifat va miqdor ko’rsatkichlari, jumladan, AKTdan foydalanish darajasining oshishiga, bunda turli fanlarga oid yangi ishlanmalarning yaratilishi va ularning imkoniyatlari haqidagi tasavvurlarning kengaytirilishiga xizmat qilishi kutiladi.
  • Anjumanning ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajarilayotgan loyihalar bilan bog’liqligi: «Oliy ta’lim muassasalarining yagona elektron axborot ta’lim tizimini yaratish va joriy etish» lo­yihasi, 2015-yil 9-dekabrda o’tkazilgan «Pedagogning shaxsiy va kasbiy axborot maydonini loyihalashda axborot kommunikatsiya texnologiyalariga oid kompetentligini rivojlantirish» va 2016-yil 15-aprelda o’tkazilgan «Zamonaviy informatika­ning dolzarb muammolari: O’tmish tajribasi, istiqbollari» mavzulari­dagi Vazirlik tizimidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasa­lari miqyosida ilmiy-amaliy anjuman, 2017-yil 26-dekabrdagi «Elektron ta’limni tashkil qilish: muammolar, yechimlar va istiqbollar» mavzusidagi Vazirlik tizimidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari miqyosida ilmiy-amaliy anjumandagi tushgan takliflar va xulosalarning mantiqiy davomi bo’lib hisoblanadi. Anjuman materiallari asosida ilmiy maqolalar to’plami chop etildi.

Muallif: Samar Tursunov, p.f.n., dotsent, TDPU Informatika o’qitish metodikasi kafedrasi mudiri

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq