U-Report loyihasini amalga oshirish maqsadida UNICEF va Ucell hamkorlik qilish yuzasidan yangi bitim imzoladilar
06.06.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) va Telia kompaniyasining telekommunikatsion guruhiga kiruvchi «COSCOM» MChJ («Ucell» savdo belgisi) O‘zbekiston yoshlarining nuqtai nazarini ifodalash uchun maydon yaratish maqsadida hamkorlik yuritish bo‘yicha yangi bitim tuzdilar.

Ushbu hamkorlik hamjamiyat eng muhim masalalarni hal qilishda ishtirok etishi uchun mo‘ljallangan bepul vosita — U-Report ni yaratishga qaratilgan bo‘ladi. O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi rahbarligida U-Report SMS va boshqa texnologiyalar yordamida abonentlardan ma’lumot va fikrlarni yig‘ishga yordam beradi, javoblar real vaqt tartibida tahlil qilinadi.

Turli sektorlardagi vaziyatni yaxshilash uchun so‘rovlar natijalari yoshlar hamda qarorlarni qabul qilishda ishtirok etadigan shaxslar orasida tarqatiladi. Fikrlarni yig‘ish uchun beriladigan savollar sog‘liqni saqlash, ta’lim sohalari, yoshlar orasidagi ishsizlik va O‘zbekiston yoshlariga taalluqli boshqa masalalarni qamrab olishi mumkin.

Shu bilan birga U-Report natijalari, malakatning yosh fuqarolari ehtiyojlari va intilishlarini hisobga olgan holda, O‘zbekistonning yoshlarga oid siyosatini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bugungi kunda U-Report 5 million nafardan ortiq respondentlari mavjud bo‘lgan dunyoning 41 mamlakatlarida qo‘llaniladi. Ushbu innovatsion metodologiya alohida axborotlarning sir saqlanishini kafolatlaydi, lekin ayni paytda umumlashtirilgan ma’lumotlar bilan jamoatchilik bemalol tanishish imkoniga ega bo‘ladi. Olingan axborot yoshi, jinsi va mintaqalar bo‘yicha real vaqt tartibida tahlil etilib, yoshlarga o‘z tengdoshlari bilan aloqa saqlab turish va Hukumat e’tiborini kechiktirib bo‘lmas masalalarga jalb qilishga yordam berishi mumkin. U-Report da ro‘yxatdan o‘tish ixtiyoriy va bepul asosda amalga oshiriladi.

«U-Report o‘z hamjamiyatlarida mavjud muammolar to‘g‘risida ma’lumotlarni taqdim etish uchun U-reportyorlar vazifasini bajaradigan yosh ko‘ngillilar sa’y-harakatlariga tayanadi, bu esa o‘zgarishlarga xizmat qiladi», – deb ta’kidladi UNICEFning O‘zbekistondagi Vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann. «O‘z navbatida, U-reportyorlar ularni qiziqtiradigan dolzarb masalalar bo‘yicha muhim ma’lumot va xabarlarni olish imkoniga ega bo‘ladilar. Biz birgalashib, O‘zbekiston yoshlari uchun zarur o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlay oladigan bo‘lamiz. Ularning fikrlarini eshitish o‘ta muhim, chunki yoshlar mamlakat aholisining 60 foizidan ortig‘ini tashkil qiladi. Bizning Ucell bilan hamkorligimiz innovatsiya va ishtirok tamoyillarini amalga oshirishga yo‘nalgan, bu esa barqaror rivojlanish kun tartibi maqsadlariga butunlay hamohangdir».

«Biz O‘zbekiston fuqarolari, ayniqsa yoshlarining hayotini yaxshilash uchun navbatdagi muhim tashabbusni amalga oshirish yo‘lida UNICEF bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz, chunki Ucell mamlakat rivojidagi mas’uliyatli va ijtimoiy yo‘nalgan ishtirokchi sifatida yoshlarning rivojlanish istiqbollariga birinchi darajali e’tibor qaratadi», – deb e’tirof etdi Ucell Bosh direktori Tonu Gryunberg.

Shuningdek bitim doirasida Ucell o‘z obunachilariga UNICEFning veb-resurslaridan, xususan www.unicef.uz vebsaytidan bepul foydalanish imkonini taqdim etishni davom ettiradi. Ayni vaqtda Ucell bolalar farovonligiga bag‘ishlangan Jahon ko‘krak suti bilan boqish haftaligi, Xalqaro qo‘l yuvish kuni, Butun jahon bolalar kuni kabi muhim sanalarni nishonlashda UNICEFning barcha tadbirlariga qo‘shiladi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq