Raqamli diplomatiya: diplomatik faoliyatni turli jihatlarini aks ettirgan Internet resurslar
06.06.2018
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

Ma’lumki, hozirgi davrda jahonning qator mamlakatlarida raqamli diplomatiya imkoniyatlaridan faol foydalanil­moqda. Raqamli diplomatiya klassik diplomatiyaning o‘rnini bosa olmasligi haqida ko‘p bor ta’kidlanadi, biroq undan mohirona foydalanilganda bu zamonaviy qulay imkoniyat xalqaro aloqalar va tashqi siyosat sohasida davlatlar munosabatini yanada kuchaytirishi mumkin.

Axborotni onlayn-ensiklopediya formatida akkumulyatsiya qi­lish elektron diplomatiyaning yana bir muhim vositasidir. Bunga misol qilib, xalqaro munosabatlar Diplopediya (Diplopedia) masalalari bo‘yicha ekspert materiallar onlayn-resursini olish mumkin. AQSH’ning tashqi siyosiy idorasi xizmatchilarining harakatlari sababli yaratilgan Diplopediya bugungi kunga kelib, xalqaro munosabatlar va diplomatik faoliyatning turli jihatlarini aks ettirgan 15000ta maqolani o‘z ichiga olgan.

2011-yilning oktabr oyidagi holatiga ko‘ra, resurs 4698 ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar va 42217ta haftalik tashriflar mavjud. Resurs­ning Vikipediya bilan o‘xshashlik va farqli jihatlari mavjud. Vikipediyadan farqli ravishda, Diplopediyadagi maqolalar anonim holda chop etilishiga ruxsat berilmaydi, buning uchun foydalanuvchi albatta ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi lozim. Ro‘yxatdan o‘tgan foydala­nuvchi Vikipediyadagi kabi avval chop etilgan maqolalarni tahrirlashi, yangi ma’lumotlarni qo‘shishi, axborotni dolzarblashtirishi mumkin. Diplopediya nostandart yechim talab qilinadigan holatlarda asqotadi. Bu ishonchli axborotni olish uchun sifatli resurs bo‘lib hisoblanadi, u xizmatchilar tomonidan foydalaniladi va yangilanishi bo‘yicha shu vaqtning o‘zida kommunikatsiya kanallari orqali tarqatiladi.

Xodimlarning LinkedIn va Facebook kabi professional ijtimoiy tarmoq maydonlaridagi o‘zaro ta’sirini rag‘batlantirish — chet ellik hamkasblarning yana bir muvaffaqiyatli tajribasidir. Professional birlashmalarning analoglari bo‘lgan AQSH va Buyuk Britaniyada Corridor va Demophon resurslari mavjud. 2011-yil oktabrda Corridor resursida 6800 foydalanuvchi va 400 guruhi mavjud bo‘lgan. Bunday tarmoq xodimlarning faol ishida quyidagilarga imkon beradi:

  • Hamkasblar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilganda, zarur axborotni so‘rash va so‘rovlarga tez javob olish;
  • Tor sohada (misol uchun, noyob tillarni bilish) tajribaga ega va spetsifik bilimlarga ega mutaxassislarni topish;
  • To‘plangan bilimlar, dolzarb axborot va xabarlar bilan bo‘lishish;
  • Hamfikr-hamkasblari bilan birlashish, norasmiy onlayn muloqot yordamida qo‘llab-quvvatlash va o‘zaroanglashuvni mustahkamlash.

Professional ijtimoiy tarmoqlarda o‘zaro ta’sir elektron diplomatiyaning boshqa instrumenti-krausoring uchun foydali bo‘lishi mumkin. Bu ommaviy so‘zda ixtiyoriy asosda ishtirokchilarning umumiy kuchi bilan vazifalarni hal etishga zamonaviy yondashuv nazarda tutiladi. Misol uchun, AQSHning «The Sonding Board» Davlat departamenti saytida xodimlar aniq muammolarni hal etish bo‘yicha loyihaviy takliflarni kiritishi, o‘zlarining g‘oyalari haqida hamkasblarining fikrini bilishlari, loyihani qabul qilish holatida esa — mablag‘lar olish va uni amalga oshirilishi bo‘yicha jamoani boshqa­rish lozim. 2009-yil fevral oyida ish boshlangandan boshlab, sayt mutaxassislari 2300ta taklif va 22000ta sharhlar olganlar. Shunday qilib, «The Sonding Board» fikrlar va loyihalarni amalga oshirish tajribasini almashish bo‘yicha keng imkoniyatlarga ega.

Kraudsoring loyihalarning faoliyatini koordinatsiyalash axborot texnologiyalari yordamida amalga oshiriladi. Bu bir vaqtning o‘zida dunyoning turli nuqtalarida bo‘lgan xodimlarga loyihada ishtirok etish imkonini beradi. Kraudsorsing loyihalarda ishtirok etish ularga yangi kasbiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish, turli sohalarda kompetensiya darajasini oshirish imkonini beradi. Shuningdek, qayd etish joiz­ki, diplomatiya uchun raqamli yechimni nafaqat tashqi siyosiy idoralar, balki xalqaro IKO ham ishlab chiqadi. Misol uchun, resurs ediplomat.com o‘zini diplomatlar uchun global portal sifatida na­mo­yon qiladi. Portalda xabarlar, ko‘rsatmalar va diplomatik hamjamiyat uchun xizmatlar taqdim etiladi. Portalni yaratish tashabbuskori — bu Internet potensialini anglab yetgan diplomatlar guruhidir.

Yana bir diplomat.edu (Diplom) — elektron resursi 2002-yilda Malta va Shveytsariya hukumatining birgalikdagi harakatlari natijasida yaratilgan. Hozirgi kunda Diplom diplomatiya va davlat boshqaruvi uchun elektron qarorlarni taqdim etadi. Saytda elektron diplomatiya bo‘yicha qator tadqiqotlarni topish — diplomatik protokoldan boshlab qiymat o‘zgarishi masalalari bilan tugallangan onlayn kurslarda o‘qish mumkin.

Ommaviy kommunikatsiya asrida mobil telefon va smartfonlardan foydalanadigan insonlar soni kun sayin ortib bormoqda. Shu sababli raqamli diplomatiyaning yana bir foydali jihatini sanab o‘tish muhimdir. Bu inqiroz holatlari yuzaga kelganda, chet elga chiqqan fuqarolar bilan kommunikatsiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri kanalini yaratishdir. Rossiya bu yo‘nalish bo‘yicha tajribaga ega: 2012-yil 1-avgust kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi va mobil aloqa operatori — OAJ MTS’ning chet elga chiquvchi Rossiyalik fuqarolarni xabardor qilish bo‘yicha hamkorligiga 1 yil to‘ldi. Mobil aloqa ope­ratori — MTS’ning barcha mijozlari chet elga yetib borgandan so‘ng Rossiya elchixonasi bilan shoshilinch aloqa o‘rnatish uchun telefon raqamlariga bepul SMS-xabar oladilar. Bundan tashqari, Rossiya tashqi ishlar vazirligi iltimosiga ko‘ra, MTS tomonidan chet eldagi mijozlariga favqulotda holat paydo bo‘lish xavfi va paydo bo‘lgan holatda, Rossiya diplomatik xizmatlariga tavsiyalar hamda xabar-xati jo‘natiladi. Shubhasiz, boshqa mobil aloqa operatorlarini jalb qilgan holda, bu yo‘nalish ishini kuchaytirish va rivojlantirish kerakligini ta’kidlash zarur.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari doimo takomillashib bormoqda. Shuning uchun Internet — auditoriya bilan to‘laqonli ishlash uchun, nafaqat raqamli diplomatiyaning mavjud ishchi instrument arsenalidan foydalanishni bilish, balki oxirgi an’ana va ishlab chiqarishlardan xabardor bo‘lish zarur. Yangi ijtimoiy mediadan foydalanish uchun shubhasiz, strategiyani ishlab chiqish, personalni o‘qitish va vaziyatni tahlil qilish talab etiladi. Davlat tuzilmalari o‘zining inertligi sababli AKT sohasida innovatsiyalarga xusu­siy biznesga nisbatan qabul qiluvchandir. Vaziyatdan chiqishning bir yo‘li Tashqi ishlar vazirligining Yandeks, Rambler va ommaviy ijtimoiy VKontakte media-resursi kabi AT kompaniyalari bilan ham­korligidir. Shuni eslatib o‘tish lozimki, Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik akademiya kabi ta’lim resursini joylashtiradi, ularning funksiyalaridan biri rossiyalik diplomatik korpuslarni tayyorlash va malakasini oshirish bo‘lib hisoblanadi. Raqamli dilomatiya bo‘yicha kurslar akademiyadagi o‘quv jarayonining majburiy elementi bo‘lishi kerak. Bunda Tashqi ishlar vazirligining markaziy apparati xodimlari akademik muassasalarda bevosita o‘qishlari mumkin, bunda elchixona va konsullik xodimlari uchun vebinar shaklida onlayn o‘qish imkoniyati mavjud bo‘ladi.

Shunday qilib, raqamli diplomatiya va Internetda ishlash mahalliy va chet elliklar tashqi siyosiy pozitsiyasini tushuntirish bo‘yicha faoliyatini jiddiy kuchaytiradi. Raqamli texnologiyalar axborotni qayta ishlash va yig‘ish sohasi, konsullik faoliyatida aso­san ommaviy diplomatiyada foydali bo‘lishi mumkin, u favqulotda va tabiiy ofat holatlarida kommunikatsiyani amalga oshirish uchun foydali bo‘ladi. Shubhasiz, Web 2.0 diplomatiyasi o‘zining: axborotning tarqalib ketishi, xakerlik, Internetning anonim foydalanuvchisi kabi salbiy jihatlariga ega. Shunga qaramasdan, xalqaro tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, raqamli diplomatiya instrumentlaridan oqilona foydalanishni investitsiyalaydiganlarga yaxshi dividendlar olib keladi. Vaholanki raqamli diplomatiya har doim ham moliyaviy mablag‘larni talab etmaydi, aksincha, u sarf-xarajatlarni qisqartirishga yo‘naltirilgan. Bu yerda inson omili muhim bo‘lib, jumladan, xodimlarning rivojlanishga xohishi, yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish, o‘z ish vaqtining bir qismini maqsadli Internet-auditoriyaga bag‘ishlash, elektron axborotni qayta ishlash, axborot-ma’lumot materiallarni yaratish kabilarni o‘z ichiga oladi.

Raqamli diplomatiyaning rivojlanish imkoniyatlari milliy axborot-kommunikatsiya strategiyasining mavjud emasligi, tayyorlangan mutaxassislarning yetarli emasligi va Internetda ishlashning qator tahlikalari bilan cheklanadi. Bundan tashqari, foydalaniladigan ijtimoiy media samaradorligini baholash instrumentlari talab etiladi. Aslida, «folloverlar», «layklar», «tvit/retvitlar»ning soni emas, balki auditoriyannig xabarlarga ta’sirlanishi muhimdir. Ta’kidlab o‘tganimizdek, raqamli diplomatiya klassik diplomatiyaning o‘rnini bosa olmaydi, biroq undan samarali va oqilona foydalanilganida, xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat sohasida muhim ahamiyatga molik bo‘lishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, Web 2.0 diplomatiyasining kelajagi bugungi kundanoq sodir bo‘lmoqda, u ko‘plab ishtirokchilarni o‘ziga jalb qilgan holda muntazam rivojlanib boradi. Tashqi siyosiy idoralar uchun raqamli diplomatiya davri keldi. Mazkur sohada faqat tanlash imkoni qolgan xolos: sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni shunchaki kuzatish va texnologik taraqqiyotdan chetda qolish yoki bu haqqoniy imkoniyatni qabul qilib, elektron diplomatiya taqdim etadigan afzalliklardan to‘liq foydalanishdir.

Mualliflar: Saida Beknazarova, t.f.d, dotsent, Kamoliddin Beknazarov, mustaqil tadqiqodchi, Azizbek Mahmudjonov, Muhammad al- Xorazmiy nomidagi TATU qoshidagi akademik litsey o’quvchisi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq