IUT va Jahon banki “Digital CASA” loyihasi doirasida hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda
06.06.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

«Raqamli Markaziy Osiyo – Janubiy Osiyo» (Digital CASA) loyihasi bo‘yicha Djeyn Treduell boshchiligidagi Jahon banki missiyasi hamkorlik qilishi mumkin bo‘lgan sohalarni muhokama qilish uchun Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)ga tashrif buyurdi.

«Digital CASA» — Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarini yagona raqamli xabga bog‘laydigan transchegaraviy telekommunikatsion tarmoqni yaratishga qaratilgan xalqaro loyihadir.

Bu loyiha dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan davlatlarga Internetdan foydalanishni takomillashtirish, shuningdek, ularning tranzit salohiyatini rivojlantirishi kutilmoqda. Uning asosida – Markaziy va Janubiy Osiyo – ikki mintaqa o‘rtasida optik tolali liniyani birlashtirish g‘oyasi yotadi. Dasturdan kutilayotgan natija allaqachon aniq – viloyat aholisi muqobil tarmoqlar orqali keng polosali hamyonbop Internetga kirish imkoniga ega bo‘ladiar.

IUT dagi uchrashuv davomida Jahon banki missiyasi axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydigan Toshkent shahridagi Inha universiteti faoliyati bilan tanishdi.

Muzokaralar davomida tomonlar «Digital CASA» loyihasining 4-komponenti doirasida hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilindi. Mazkur komponent raqamli tadbirkorlik, inson kapitali hamda raqamli ko‘nikmalar va boshqalarni rivojlantirishni nazarda tutadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq