IUT talabalari yerni tahlil qilish va prognozlash tizimi modulini ishlab chiqmoqdalar
06.06.2018
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)ning bir guruh talabalari “Uchuvchisiz texnologiyalar” kompaniyasida mehnat qila turib, yerni tahlil qilish va prognozlash tizimi modulini ishlab chiqish ustida ishlamoqdalar.

Eslatib o‘tamiz, uchuvchisiz tizimlarni ekspluatatsiyasi bo‘yicha “Uchuvchisiz texnologiyalar” kompaniyasi 2017-yilning oxirida “O‘zbekoziqovqatxolding” XK qoshida tashkil etilgan.

Kompaniya “Ptero G1” (Rossiya) ning uchuvchisiz aviatsiya tizimlarini qishloq xo‘jaligi ekinlari o‘lchami va ularning rivojlanish monitoringini olib borish uchun ekspluatatsiya qiladi. Bu esa o‘z vaqtida kartografik materiallarni yangilash va agrotexnik tadbirlardagi kamchiliklarni bartaraf etish imkonini beradi.

UUA (uchuvchisiz uchish apparatlari) orqali fotosuratga olish qishloq xo‘jaligi er maydonini tez va to‘g‘ri baholash imkonini beradi. Doimiy monitoring esa hosilning sifatini nazorat qilish va ekinlardagi o‘g‘irlik holati va hosilning zararlanishini baholash imkonini beradi. Bu ma’lumotlarning barchasi zudlik bilan ekin holatidagi o‘zgarishga javob berish, o‘z vaqtida qaror qabul qilish va natijada – yerdan foydalanish samaradorligini oshirishga yordam beradi.

UUA – texnologiyasi qishloq xo‘jaligi er maydoni holatini hisobga olish va nazorat qilish: u suv iste’moli, o‘g‘it va kimyoviy moddalarning optimal miqdorini hisoblab, dalaning elektron xaritalarini yaratish, qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini prognozlash, drenaj tizimlarini o‘rnatishni rejalashtirish imkonini beradi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari Shirin Axmedxodjayeva, Humoyun Aminaddinov (ikkalasi ham 2-bosqich talabalari), Dilmurod Madrahimov (3-bosqich talabasi) va Yunus Sa’dullayev (1-bosqich talabasi)lar “Ptero G1” UUA yordamida yaratilgan fotosuratlar asosida yer maydoni holatini tahlil qilish va prognozlash tizimi modulini yaratdilar.

Dasturiy ta’minot bir spektral tahlilni amalga oshirish va o‘simliklarning indeksi NDVI (Normalized Difference Vegetation Index)ni hisoblash chiqish imkonini beradi.

Humoyun Aminaddinov (talaba) ta’kidladi: “Multispektral tasvirlar yordamida “RedEdge Micasense” kamerasidan foydalangan holda biz maydonning NDVI xaritasini yaratamiz. Keyin algoritm zaif/nochor (suv taqchil yoki juda ko‘p bo‘lgan) joylarni aniqlab, o‘sish samaradorligini oshirish uchun zarur chora-tadbirlar qabul qilishga yordam beradi”.

Bu borada “Uchuvchisiz texnologiyalar” kompaniyasi direktori Shavkat Qodirov shunday dedi: “Talabalar mintaqamizning o‘ziga xosligini inobatga olgan holda juda istiqbolli yo‘nalishni tanlashdi. Shunisi quvonarliki, ular o‘zlarining axborot texnologiyalari sohasidagi bilimlarini ko‘ngilochar narsalarga emas, balki O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga yo‘naltirishdi. Ta’kidlash joizki, ular tomonidan amalga oshirilgan hamda amalga oshirilayotgan ishlar innovatsion bo‘lib, hali O‘zbekistonda hech kim tomonidan joriy etilmagan”.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq