IUT abiturientlarga IELTS yoki TOEFL iBT sertifikatini olish imkoniyatini taqdim etadi
06.06.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) abituriyentlarga imtihonlarga qadar IELTS yoki TOEFL iBT sertifikatini olish imkoniyatini taqdim etadi.

Bu yil ham avvalgi yillardagi kabi Toshkent shahridagi Inha universitetiga o‘qishga kirish uchun abituriyentlar IELTS yoki TOEFL iBT sertifikatini taqdim etishlari lozim.

IELTS yoki TOEFL iBT sertifikati bo‘lmagan, ammo abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar 2018-yil 9-iyulga qadar vakolatli organdan bunday sertifikatni olishlari hamda universitetga taqdim etishlari lozim.

IELTS yoki TOEFL iBT sertifikatisiz abituriyentlar kirish imtihonlariga qo‘yilmaydilar.

Abituriyentlarga qo‘shimcha sharoitlar yaratish maqsadida Toshkent shahridagi Inha universiteti hamda “Edu-Action” kompaniyasi IELTS imtihonini tashkil etmoqda. Imtihonlar 2018-yilning 23-iyun kuni o‘tkaziladi. Abituriyentlar imtihonlarga http://www.exams.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Abituriyentlar alternativ tarzda TOEFL iBT® imtihonini topshirishlari mumkin. Abituriyentlar qo‘shimcha tarzda 2018-yilning 23-iyun kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida bo‘lib o‘tadigan TOEFL iBT imtihoniga ham ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Odatda abituriyentlar o‘z hujjatlarini universitetlarga qabul kampaniyasi yakunlanishiga bir necha kunlar qolgandagina topshiradilar va natijada IELTS yoki TOEFL iBT imtihonlariga ulgurolmay qoladilar.

IUT rahbariyati Toshkent shahridagi Inha universitetiga o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan abituriyentlar taqdim etilgan imkoniyatdan foydalanib, IELTS yoki TOEFL sertifikatini olishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahridagi Inha universiteti (http://www.inha.uz)ga o‘qishga kirish uchun hujjatlar 2018-yilning 9-iyul kuniga qadar davom etadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq