Axborot va jamoat xavfsizligi markazi rahbariyati va mutaxassislarining Moskva shahriga tashrifi: “Jet Security Conference 2018”
06.06.2018
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko’maklashish markazi mutaxassislari direktor o’rinbosari R.Yunusov boshchiligida 2018 yil 30 may kunidan e’tiboran Moskva shahrida axborot xavfsizligini ta’minlash borasida mannfaatdor kompaniyalar bilan tanishuv muzokaralarini olib bordi.

Jumladan, Rossiyaning “Infosistemi Djet” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv doirasida tomonlar o’ta muhim ahamiyatga molik bo’lgan infratuzilmalar ob’ektlarida axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari yuzasidan professional fikr-mulohaza almashdilar.

2018-yil 31-may kuni Radisson Resort Zavidovo (Rossiya Federatsiyasi) mehmonxonasida Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko’maklashish markazi delegatsiyasi “Jet Security Conference 2018” xalqaro anjumanida ishtirok etdi. Mazkur anjumanni o’tkazishdan ko’zlangan asosiy maqsad ishtirokchilarni axborot xavfsizligini ta’minlashning zamonaviy yechimlari bilan yaqindan tanishtirishdir.

Anjuman doirasida Check Point Software Technologies, Cisco, CyberArk, Cyberbit, F5 Networks, FireEye, Fortinet, Group-IB, IBM Security, Imperva, InfoWatch, Micro Focus, One Identity, Palo Alto Networks, Positive Technologies, Skybox Security, Solar Security, Symantec, TrapX, Trend Micro, Tufin, “Gazinformservis”, “Laboratoriya Kasperskogo” singari vendorlar hamda integrator “Infosistemы Djet” kompaniyasining ko’rgazmali stendlari tashkil qilindi. Ushbu kompaniyalar mazkur stendlarda tarmoq xavfsizligi, yo’naltirilgan hujumlardan himoyalanish, axborot sizib chiqishining oldini olish, nazorat qilinuvchi axborot xavfsizligi (AX) va boshqa ko’plab dolzarb mavzularda o’zlarida mavjud zamonaviy yechimlarni namoyish etdilar. Yangi avlod EDR-tizimlari yakuniy tugunlarini himoyalash bo’yicha yechimlarga alohida e’tibor qaratildi.

Turli mavzularni qamrab olgan stendlar va sessiyalar doirasida amaliy xavfsizlikni ta’minlash masalalari faol muhokamalar markazida bo’ldi. Xakerlik hujumlari va ulardan himoyalanish usullari, pentestlarni o’tkazishning o’ziga xosliklari, korxona tarmog’ida noqonuniy xatti-harakatlarni aniqlashga qaratilgan va kiberjinoyatlarni tadqiq etish uchun maxsus tuzoqlardan foydalanish (honeypot) kabilar shular jumlasidandir.

Anjuman dasturigi ko’ra, shuningdek, Jet Shallenge tanlovi ham o’tkazilib, uning doirasida ishtirokchilarga himoya tizimlarini qurish va AXning real mahsulotlarini qo’llagan holda, AX inditsentlarini tadqiq etish bo’yicha o’zi kuchlarini sinab ko’rish hamda AX borasida bilimlarini sinovdan o’tkazish imkoniyatini taqdim etildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq