Abituriyentlarga IELTS IDP imtihonlarini topshirish imkoniyati beriladi
06.06.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Toshkent shahridagi Inha universiteti hamda «Edu-Action» kompaniyasi abituriyentlarga IELTS IDP imtihonlarini topshirish imkoniyatini yaratmoqda.

Toshkent shahridagi Inha universiteti, «Edu-Action» hamda “IDP Australia” o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Hujjat doirasida, IELTS yoki TOEFL iBT sertifikati bo‘lmagan abituriyentlar, 2018-yilning 23-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan IELTS IDP maxsus imtihonlarida qatnashishlari mumkin. Imtihonlarga www.exams.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

Barcha ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar IELTS imtihoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida mahorat darsi hamda vebenarda bepul ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahridagi Inha universitetiga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarda albatta IELTS yoki TOEFL iBT sertifikati bo‘lishi kerak. Sertifikatsiz ular kirish imtihonlariga kiritilmaydilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq