O’zbekiston OTM ta’lim yo’nalishlari va mutaxasisiliklari klassifikatori asosida axborot qidiruv modulini yaratish
05.06.2018
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

Ta’lim tizimiga oid muhim davlat hujjatlari talablarini bajarish yuzasidan va oliy ma’lumotli yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ta’limning uzluksizligini ta’minlash, jahon ta’lim tizimiga muvofiqlashish, shuningdek, oliy ta’limning o’quv-metodik va normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2001-yil 16-avgustda “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 343-son qaroriga asosida Oliy ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori ishlab chiqilib tasdiqlangan.

Hozirgi kunda, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universieteti (TATU) va mintaqaviy filiallari Axborot-resurs markazlari ARMAT++ dasturi asosida (http://armat.tuit.uz) korporativ kutubxona tarmog’i tashkil etilib, unda axborot kommunikatsiya texnologiyalari va boshqa sohalarga oid axborot resurslarining koporativ elektron kutubxonasi ma’lumotlar bazasi shakllantirilmoqda. ARMAT++ dasturi asosida universitetning 5 nafar hududiy filiallari ARM’lari ishla­moqda. Yig’ma elektron katalog tarkibiga 5500dan ortiq bibliogra­fik yozuvlar kiritilgan. Bibliografik yozuvlarni kiritishda ma’lumot­nomalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, avtomatlashtirilgan axborot kutubxona tizimida ma’lumotnomalar yaratish va undan foydalanish dolzarb vazifalar qatoriga kiradi. Muhmmad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bir guruh ilmiy tadqiqotchilari O’zbekiston OTM ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori asosida axborot qidiruv modulini yaratib, ARMAT++ dasturiga integratsiyasini amalga oshirdilar. Quyida yoritilgan tadqiqod natijalari axborot kutub­xona tizimlarida turli shakldagi ma’lumotnomalarni shakllantirishning xalqaro tajribalaridan kelib chiqqan holda, O’zbekiston OTM ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori asosida axborot qidiruv moduli yaratish usullaridan olingan.

IRBIS tizimining ma’lumotnomasi. Yozuvlar EKga kiritila­yotganda avtomatik tarzda ma’lumotnoma yaratiladi va u turli ma’lumotlar elementi bo’yicha bibliografik tasvirga tezlikda ega bo’lish­ni ta’minlaydi. Bu ma’lumotlar elementlari quyidagilardir:

  • Bibliografik ma’lumotlar elementi bo’yicha — Lug’atlar: «Заг­лавиe» (Sarlavha), «Авторы» (Mualliflar), «Коллeктивы» (Jamoalar), «Издающиe организации» (Nashr etuvchi tashkilotlar) va boshqalar.
  • Tizimlashtirish va predmetlashtirish bo’yicha — Lug’atlar: GRNTI Rubrikatori, UDK, BBK indekslari, Predmet va Geografik ruknlar, Nashriyot indeksi va boshqalar.
  • Kodlashtirilgan ma’lumotlar elementi bo’yicha — Lug’atlar: mamlakatlar, tillar, maqsadli yo’naltirish, xillar, ko’rinishlar, hujjat xarakteri, fizik tashuvchi va boshqalar (barcha lug’atlar kodlarni tushuntirib beruvchi matnlar bilan berilgan).
  • Texnologik ma’lumotlar elementi bo’yicha — Lug’atlar: nashr­ning saqlanish joyi va shifri. Kiritilgan sana va bajaruvchining ismi-sharifi va boshqalar.

Bulardan tashqari, ochqich so’zlar lug’ati ham yaratiladi va unga bibliografik ma’lumotlar elementlaridan, ahamiyatli so’zlar, «Anno­tatsiya» va «Общиe примeчания» (Umumiy izoh) maydonlari­dagi maxsus ajratilgan so’zlar avtomatik tarzda kiritiladi. Bu lug’atga «Свободного индeксирования» (Erkin indekslash) maydonidagi ochqich so’zlar va deskriptorlar maydonidagi so’zlar (tezauruslardan foydalangan holda) ham kiritiladi.

MARC SQL tizimida ma’lumotnomalar. MARC SQL tizimi­ning «Administrator» modulida ma’lumotnomalar, ruknlar, tasnif­lagichlar, tezauruslar yaratiladi va undan «Katalogizator» moduli orqali foydalaniladi. «Ctrl+Enter» tugmalarini birgalikda bosganda axborotlarni lug’atlardan va kiritishning maxsus formalaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi. Sozlagichlarga bog’liq ravishda menyu farq qilishi mumkin (sozlagich fayli EditMap.ini). Odatda, menyuda uchta manba keltiriladi:

  • Lug’atlar;
  • Tezauruslar;
  • Avtoritet fayllar.

Indikator qiymatini o’zgartirish uchun, unga ikki marta chertish yoki «Enter» tugmasini bosish kerak. Taklif qilinayotgan ro’y­xatdan keraklisi tanlanadi va shu tartibda tizim ma’lumotnoma­sidan foydalaniladi.

RUSLAN tizimida ma’lumotnomalar. RUSLAN tizimi ma’lu­mot­nomalardan foydalanish va yaratishda boshqa tizimlardan farq­­li ravishda ko’p aspektli texnologiyadan keng foydalangan:

  • Tizimlashtirish va predmetlashtirish bo’yicha — Lug’atlar: GRNTI Rubrikatori, UDK, BBK indekslari, Predmet va Geografik ruknlar, Nashriyot indeksi va boshqalar;
  • Kodlashtirilgan ma’lumotlar elementi bo’yicha — Lug’atlar: mamlakatlar, tillar, maqsadli yo’naltirish, xillar, ko’rinishlar, hujjat xarakteri, fizik tashuvchi va boshqalar (barcha lug’atlar kodlarni tushuntirib beruvchi matnlar bilan berilgan);
  • Bibliografik ma’lumotlar elementi bo’yicha — Lug’atlar: «Заг­лавиe» (Sarlavha), «Авторы» (Mualliflar), «Коллeктивы» (Jamoalar), «Издающиe организации» (Nashr etuvchi tashkilotlar) va boshqalar;
  • Texnologik ma’lumotlar elementi bo’yicha — Lug’atlar: nashr­ning saqlanish joyi va shifri. Kiritilgan sana va bajaruvchining ismi-sharifi va boshqalar.

Таhlil natijalari. Tahlil natijalari shuni ko’rsatdiki, yuqorida sanab o’tilgan tizimlarning ijobiy tomonlaridan biri, bu — umumiy sarlavhaga ega yoki ega bo’lmagan jurnal yoki to’plam alohida sonlarining «Оглавлeниe» (Mundarija) maydonidagi ma’lumotlarini lug’atda aks etishi va ular orqali hujjatga kirishini ta’minlashdir. Maqolalarning barcha mualliflari (3 ta muallifgacha) va bu maydonga kiritilgan sarlavha unga mos lug’atga avtomatik tarzda kiritiladi. Sarlavhadagi alohida so’zlar ochqich so’zlar lug’atiga kiritiladi. Har bir maqolaga qo’shimcha tarzda «Нeнормированныe» (me’yorlashmagan) ochqich so’zlar va nashriyot indeksi ham kiri­tilishi mumkin. Tizimning bunday tashkil qilinishi lug’atga bir marotaba murojat qilish orqali bir muallifning barcha asarlarini, ham mualliflikda bajarilgan ishlarini yoki u muharrirlik qilgan ishlarni yoki uning o’zi to’g’risidagi turli fizik tashuvchilarda joylashgan ma’lumotlarni topish imkoniyatini yaratadi. Qidiruvning qo’shimcha vositalari «Поиск по связи» (Bog’lanish bo’yicha qidiruv) orqali amalga oshiriladi. Bunda muallifning bir mavzuga bog’liq boshqa ishlarini yoki biror anjumanga tegishli qator materiallarni, jurnal­ning bir soniga tegishli barcha maqolalarni topish mumkin bo’ladi. Bulardan tashqari «asosiy hujjat» va «ilova», «taqriz» va «taqriz yozilgan hujjat» orasidagi bog’lanish orqali ham qidiruvni bajarish mumkin.

Tizimlar, alohida olingan lug’atlardan tashqari, bu operatsiya­laridan foydalangan holda bir necha lug’atlarni ishlatib kompleks qidiruv bajarishi mumkin. Tizim Avtoritet fayllardan foydalanib qidiruv bajarishi (va axborot kiritishi) mumkin. Foydalanuvchi ma’lumotlar bazasi bilan ish boshlamay turib, tizimdagi bir qator ma’lumotnomalarni o’z talabiga moslashtirishi mumkin. Masalan, «Канал поступлeния» (hujjatlarni kutubxonaga kelib tushish kanali), «Мeсто хранeния» (Saqlash joyi), «ФИО исполнитeлeй» (Bajaruvchilar familiyasi, ismi, sharifi) va foydalanuvchi to’g’risidagi bir qator ma’lumotnomalarni avvaldan kiritib qo’yishi mumkin.

Tizimlarning elektron katalogida axborotlarni ifodalash formati sifatida UNIMARC va MARC21 xalqaro kommunikativ formatlari olingan. Shu tufayli ham tizim ma’lumotlar bazasini, MARC formatlar oilasiga mansub formatlarga ega bo’lgan boshqa axborot tizimlariga konvertatsiya qilishi mumkin. Ammo yuqorida sanab o’tilgan tizimlarning ma’lumotnomalarida milliy xarakterga ega ma’lumotlarni aks ettirish imkoniyati mavjud emas va aksariyat ma’lumotnomalar tizimni ishlab chiqarishga buyurtma bergan tashkilotlarda saqlanadigan hujjat xarakteriga asoslanib shakllantirilgan. O’zbekiston OTM ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori kabi iyerarik ma’lumotnomalarni yaratish bazasini shakllantirish imkoniyati mavjud emas.

O’zbekiston OTM ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatorini shakllantirish usuli

1–7 rasmlarda ARMAT++ dasturida iyerarxik ma’lumotnoma yaratish usuli va ketma-ketligi tasvirlangan. ARMAT++ dasturini ishga tushiramiz va uning bosh sahifasidagi «Login» maydoniga «cat» «parol» maydoniga «1» qiymatlarni kiritib, «Kirish» tugmasini chertamiz (1-rasm). Natijada ARMAT++ dasturining Kataloglashtiruvchiga mo’ljallangan avto­matlashtirilgan ish o’rniga kiramiz (2-rasm). Bu yerdagi «Ma’lu­motnomalar» bo’limiga o’tamiz. Buning uchun interfeysning chap tomonidagi «Ma’lumotnomalar» bo’limiga sichqoncha bilan chertamiz. Natijada quyidagiga ega bo’lamiz (3-rasm). Bu yerdagi «Shakli» bo’limidan «Shajarali» tanlanadi (4-rasm). «Yuqoridagi 4-rasmdagi «Qo’shish» tugmasini sichqoncha bilan chertish orqali yangi ta’lim yo’nalishi yoki mutaxassislik nomini qo’shish imkoniyati yaratiladi (5-rasm). Ta’lim yo’nalishi yoki mutaxassislik nomini tegishli maydonlarga o’zbek, rus va ingliz tillarida kiritamiz (6-rasm). Ta’lim yo’nalishi va mutaxassislik nomini u tobe bo’lgan bilim sohasi va ta’lim yo’nalishiga oidligini ko’rsatish quyidagicha amalga oshiriladi (7-rasm). «Shakli» maydoniga menyudan foydalanib. «Shajarali» o’rnatilgach, Tobeligi maydoniga maydonning o’ng tomonidagi tugmachani chertib, u tobe bo’lgan «Tabiiy fanlar tanlanadi. Barcha maydonlar to’ldirilgach «Qo’shish» tugmasi chertiladi va ishni da­vom ettirish uchun «Qo’shish» tugmasi chertiladi (6-rasm). Natijada ARMAT++ dasturida kataloglashtirish qoidalariga mos keluvchi standart ma’lumotnomalardan tashqari foydalanuvchiga qulay bo’lgan ixtiyoriy shaklda ma’lumotnoma yaratish mumkin.

1-rasm. ARMAT++ dasturining bosh sahifasi

2-rasm. Ma’lumotnomalar bo’limiga kirish

3-rasm. Ma’lumotnomalar ro’yxati

4-rasm. Ma’lumotnomalar ro’yxatidan keraklisini tanlash

5-rasm. Ta’lim yo’nalishi yoki mutaxassislik nomini qo’shish

6-rasm. Ta’lim yo’nalishi yoki mutaxassislik nomini kiritish

7-rasm. Ta’lim yo’nalishi yoki mutaxassislik nomini bilim sohasiga bog’lash

Xulosa qilib aytganda, foydalanish nuqtai nazardan, geografik qamrovi juda katta bo’lgan tizimlarning ma’lumotnomalari universal ko’rinishga ega. Ammo ushbu tizimlar ma’lumotlar bazasiga ki­ritiladigan hujjatlar milliy xarakterga ega bo’lgan klassifikatorlar yordamida indekslash imkoniyati mavjud emas. Demak, axborot kutubxona faoliyatini avtomatlashtirish hamda foydalanuvchiga qulay usulda axborot kutubxona xizmatini tashkil etish maqsadida, milliy klassifikatorlar yaratish imkoniyati cheklanmagan axborot kutubxona tizimlaridan foydalanish maqsadga muvofiq.

Mualliflar: B. Mo’minov, t.f.d., TATU, kafedra mudiri, O’. Karimo, TATU PhD doktoranti, D. Sobirjonova, TATU talabasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq