Kolumbiya universiteti delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi
05.06.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)da Kolumbiya universiteti talabalari va bitiruvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Hamkorlikni rivojlantirish va homiylarni jalb qilish bo‘limi boshlig‘i Firdavs Qutliyev AQSh universitetining delegatsiyasini qutladi.

Uchrashuv davomida Firdavs Qutliyev AKT va logistika sohasida kadrlarni tayyorlaydigan ta’lim muassasasining faoliyati to‘g‘risida so‘zlab berdi. Shuningdek, mehmonlarga universitetning iqtisodiyotning turli tarmoqlari hamda ta’lim muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatish yo‘lidagi sa’y-harakatlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Tomonlar O‘zbekiston va AQSh ta’lim tizimlari hamda O‘zbekistonda yoshlarning bilim olishi uchun yaratilgan sharoitlarni muhokama qildilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq