AKT vositasida ingliz tilida gapirishga o’rganish
05.06.2018
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

O’zbekiston Respublikasi yanada taraqqiy etib, xalqaro munosabatlar kengayib borayotgan hozirgi davrda chet tillarini o’rganish zaruriy ehtiyojga aylanib bormoqda. Hayotimizda chet tili, ayniqsa, ingliz tiliga ehtiyoj kundan-kunga kuchayib bormoqda. Shu sababli ham ingliz tili darslari sifatini kuchaytirish davr talabidir.

O‘zbekiston Respublikasi yanada taraqqiy etib, xalqaro munosabatlar kengayib borayotgan hozirgi davrda chet tillarini o‘rganish zaruriy ehtiyojga aylanib bormoqda. Hayotimizda chet tili, ayniqsa, ingliz tiliga ehtiyoj kundan-kunga kuchayib bormoqda. Shu sababli ham ingliz tili darslari sifatini kuchaytirish davr talabidir.

Ingliz tili darsini umumiy ta’lim maktablaridan boshlab, poydevorini mustahkamlash zarur. Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning og‘zaki va yozma nutq madaniyatlarini oshirish shu kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Allaqachon kompyuterlar hayotimizdan mustahkam o‘rin olgan hozirgi kunda juda ko‘p ma’lumotlarni internet tarmog‘idan olish imkoniyati mavjud. Ilm va texnikaning rivojlanishi XX asrning oxirida jahon ilm-fan taraqqiyotida axborot va aloqa vositalari muhim o‘rin egallab, global axborotlashgan jamiyat uchun keng yo‘l ochib berdi. Boshqa sohalar qatorida ingliz tilini o‘qitishda axborot texnologiyalari va zamonaviy texnikadan keng foydalanish shart bo‘lib qoldi. Chet tili darslarida kompyuterdan foydalanish, uni imkoni boricha, ko‘proq til materiallari bilan boyitishga yordam berdi. Darsni tashkil qilish jarayonida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish yuqori natijalar bera boshladi, sababi kompyuterning ovoz, matn, grafika, rasm, video, interaktiv muloqot kabi imkoniyatlari dars jarayonini faollashtiradi. Shu tariqa, kompyuterdan foydalanib, chet tilini o‘rganish dars samarasini oshirishdan tashqari, unda taqdim etilgan chet tili o‘rganishning turli usullari ham talabalarga yanada chuqurroq bilim egallashlariga yordam beradi.

Ma’lumki, XXI asr — axborot-texnologiyalari asri bo‘lib hisob­lanadi. Hozirgi kunda axborot-texnologiyalari yordamida barcha sohalarda jadallikni kuzatish mumkin. Zamonaviy ta’lim tizimi sohasida ham axborot-texnologiyalari va kompyuter telekommu­nikatsiyalari faol qo‘llanilib kelinmoqda. Axborot-texnologiyalari va zamonaviy kompyuter qurilmalari chet tilida nutqni rivojlan­tirish sohasida, ayniqsa, muhim ahamiyatga molik bo‘lmoqda. Bundan tashqari, chet tilida so‘zlash malakasiga ega bo‘lish va tilni chuqur o‘rganishni xohlaganlar uchun turli dasturlar ishlab chiqilgan, bu ham zamonaviy qurilma va texnologiyalar taqdim etayotgan qulay imkoniyatlardan bo‘lib hisoblanadi. Biroq chet tilini va ushbu tilda gapirishni o‘rganmoqchi bo‘lgan insonda avvalo, kuchli intilish, maqsad hamda kundalik rejalari bo‘lishi zarur. Agar chet tilini mukammal o‘zlashtirish va gapirishni xohlasangiz, qu­yidagidek reja asosida intilishingiz kerak:

  • Barcha nutqiy mashqlarni ovoz chiqarib bajaring. Gramatik mashqlar, o‘qish mashqlari, barcha topshiriqlar ovoz chiqarib o‘qilishi kerak.
  • O‘zingiz bilan gaplashing. Biron kimsa sizni eshitib qolishidan tashvishlanmang. Ingliz tilida tez-tez ovoz chiqarib gaplashing.
  • Har kuni bittadan matn tanlab, shu matn ustida ishlang, mazmuni bo‘yicha bir necha daqiqa gapiring.
  • Online mashqlaridan tanlab oling va inglizcha gaplashing.
  • Ko‘proq xato qiling, xatolar haqida tashvishlanmang, xatolarga yo‘l qo‘ying va xatolar haqida tashvishlanmang. Xatolarni to‘g‘irlash bilan yanada ko‘proq bilimga ega bo‘lasiz.

Ingliz tilida keng qamrovga ega matn haqida qanday gapla­shishga ishonch hosil qilish uchun sizga lug‘at kerak bo‘ladi. Bu­ning uchun siz: Lug‘at daraxtini hosil qiling. Lug‘at daraxti va boshqa qiziqarli mashqlar chet tilini tezroq o‘rganishga yordam beradi. Rasmli lug‘atlar ham tilni egallashda ko‘proq yordam beradi. O‘zingiz yoqtirgan fan haqida lug‘atlarni tanlang. Sizni qiziq­tirmagan narsa haqida lug‘at qilmang. Har kuni ozroq lug‘at so‘z­larini o‘rganing. Har kuni ikki yoki uchta so‘zlar, yoki so‘z birikmalarini o‘rganishga harakat qiling. Agar siz inglizcha gapirishni xohlasangiz yozish yoki o‘qish mashqlariga juda ham berilib ketmasligingiz kerak. Biroq gapirish bilan birga, yozish va o‘qish mashqlariga ham e’tibor berish lozim. Demak, ingliz tilini o‘rga­nishda, shu bilan birga, qanchalik tez gapirishni o‘rganishda ushbu tilda qanday o‘qish va yozishni o‘rganish ham yaxshi samara beradi. O‘qish va yozish uchun quyidagi reja yaxshi yordam beradi: O‘qish mashqlarida o‘zingizning ona tilingizdan foydalanish zarur­ligini yodda tuting. Har bir so‘zning ma’nosini tushunishingiz muhim. Ingliz tilida bajonidil o‘qing. Yoqtirgan faningizni tanlab oling va u haqida o‘qing. Yozganingizni o‘zingizning ona tilingizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilishga harakat qilmang. Buni osonlashtiring. Gapirishni o‘rganishda talaffuz ham juda katta ahamiyatga ega. Ingliz tilida gapirishni o‘rganish — bu ingliz tili talaffuzini ham o‘rganish demakdir. Quyidagi reja chet tilidagi so‘zlar talaffuzini o‘rganishga yordam beradi:

  • Ingliz tilida aytilgan qo‘shiqlarni o‘rganing, u sizga talaffuzingizni yaxshilashga yordam beradi.
  • Agar boshqa xalq vakillari sizning ona tilingizda gapirsa, ular­ning talaffuzidagi xatosini toping.
  • Talaffuzni oshirishga doir dasturlarni ko‘rib chiqing.
  • Yaxshi fonetik transkripsiya berilgan lug‘atlarni oling, bu sizga ingliz tili tovushlarini tushunishga yordam beradi. Ingliz tili­dan imkoni boricha, ko‘proq foydalanish tilni yaxshi gapirishga o‘rgatadi. Ingliz tilida gapirish klublariga boring, turistlar bilan gaplashing va ularga ko‘maklashing. Agar sizning ingliz tilida gap­lasha oladigan do‘stingiz bo‘lsa, har kuni u bilan 30 daqiqa gaplashing. Yaratuvchi bo‘ling va ingliz tilida gaplashish imkoniyatini yarating.
  • Juda ham sabrli bo‘ling. Ingliz tilida yaxshi gapirishni o‘rganish uchun sabrli bo‘lish juda zarur. O‘zingizga vaqt ajrating va o‘zingizni ehtiyot qiling. Kundalik barcha ishlarni bajaring, biroq zerikarli mashqlarni faqatgina 10 daqiqadan 15 daqiqagacha bajaring. Eshitish xususiyatingizni oshirishni xohlasangiz, 15 daqiqadan 1 soatgacha radio tinglang. 10 daqiqa grammatik mashq bajaring. Ingliz tilida shug‘ullanish mashqlarini hech qachon uzoq vaqt mobaynida bajarmang. Haftasiga 2 marta bajargandan ko‘ra, har kuni ozroq shug‘ullanish yaxshi natija beradi. Bunda quyidagi qoidaga amal qiling: Xatolar qiling, ko‘proq xato qiling va xato qilishda davom eting. Xatolar qilib o‘rganishning yagona yo‘li xato qilganingizda erkin bo‘ling, asabiylashmang. Yoqtirgan narsalaringiz haqida ingliz tilida gapirishni o‘rganing. Agar huzur qilib, gapirish uchun biror mavzu matnini tanlasangiz, u sizga qisqa vaqt ichida osonroq gapirishni o‘rgatadi. Buning uchun sizdan: Sabr, Vaqt, Xato qilishga tayyor turish va asabiylashmaslik, Siz bilan inglizcha gaplashadigan do‘stlar orttirish, Kitoblar yoki ingliz tilidagi internet manbalaridan foydalanish talab etiladi.

Biz chet tili o‘qituvchilarining vazifasi — chet tilini o‘rgatish va talabalarni chet tilida so‘zlashishga qiziqtirishdan iborat. Bugungi kunda ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan o‘ta qat’iy hamda jiddiy talablar qo‘yilmoqda. Chunki murakkab texnika bilan ishlay oladigan, ishlab chiqarish jarayonining mohiyatini to‘laqonli anglash imkoniyatiga ega, favqulodda ro‘y beruvchi vaziyatlarda ham yuzaga kelgan muammolarni ijobiy hal eta oluvchi malakali mutaxassislarni tayyorlashga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyoj ta’lim jarayonini texnologik yondashuv asosida tashkil etishni taqozo etmoqda.

Xulosa qilib aytganda, o‘qitish metodlari o‘z mohiyati va mazmuniga ko‘ra, ma’lum pedagogik nazariyaga asoslangan u yoki bu tasnifga tegishli bo‘ladi. Ularning samaradorligi to‘g‘risida fikr yuritilganda, o‘qitish jarayonini izga soluvchi, boshqaruvchi va uni maqsadli yo‘naltira oluvchi o‘qituvchi va zamonaviy qurilma hamda axborot texnologiyalaridan samarali foydalana oladigan intiluvchan talabaning hamkorlikdagi faoliyatini ta’minlash ko‘z­da tutiladi.

Muallif: Mavluda Abdurahmonova, TATU katta o’qituvchisi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq