IUT talabalarining loyihalari eng zo‘rlar qatoridan o‘rin oldi
04.06.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2018-yil may oyining so‘nggi kunlarida o‘tkazilgan “Falling Walls Lab” tanlovining final bosqichida Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)ning ikki nafar talabasi sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar.

“Falling Walls Lab” — Germaniyada Berlin devori qulashining 20 yilligiga bag‘ishlab yaratilgan loyihadir. Bu yangi tashkil etilgan yillik fanlararo konferensiya bo‘lib, unda yosh iste’dod egalari o‘z innovatsion g‘oyalarini ilmiy, ijtimoiy, sanoat yoki biznes sohasida taqdim etishlari mumkin bo‘ladi.

“Falling Walls Lab” yosh olimlar, mutaxassislar va tadbirkorlarga jahon hamjamiyatiga inson faoliyatining deyarli barcha sohalarida uchraydigan turli xil muammo va qiyinchiliklar yechimi bo‘yicha o‘z g‘oyalari, ilmiy-tadqiqot loyihalari va ijtimoiy tashabbuslari, ilg‘or usullarini taklif qilish imkonini beradi. Bu sizning g‘oyalaringiz eshitilishi va rivojlanishiga turtki berilishiga imkoniyatdir. Berlinda o‘tadigan konferensiyaning final bosqichida, yirik siyosatchilar, tadbirkorlar, iqtisodchilar, olimlar, jurnalistlar, faollar, media shaxslar hakamlar hay’atini tashkil etadilar.

25-may kuni O‘zbekistonda ikkinchi marotaba “Falling Walls Lab” tanlovi o‘tkazildi. Tadbir Germaniya Elchixonasi tomonidan o‘tkazildi va Toshkent shahridagi Inha universiteti uni qo‘llab-quvvatladi.

Tanlovning final bosqichida 14 ta loyihaning taqdimoti o‘tkazildi. Har bir loyiha mualliflariga hakamlarning e’tiborini qozonishlari uchun 3 daqiqa vaqt ajratildi.

IUT ning ikkinchi bosqich talabasi Doston Mardiyev “Avtomobilni boshqarayotganda uxlab qolmaslik” loyihasi uchun ikkinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.

IUT ning uchinchi bosqich talabasi “Qishloq xo‘jaligi tizimi monitoringi” loyihasi bilan Dilmurod Madrahimov uchinchi o‘rinni egalladi.

Bu haqda IUT Rektori Sarvar Babaxodjayev shunday dedi: “Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan ikkinchi marotaba tashkil etilgan ushbu tanlovning yakuniy taqdimotida IUT ning olti nafar talabasi qatnashganidan faxrlanaman. Ha, ular oliy sovrinni qo‘lga kiritmadilar, ammo o‘zlarining qiziqarli loyihalari bilan ishtirok etdilar. Ularga izlanishlarini davom ettirishlari va kelgusida eng zo‘r loyihalarni taqdim etishlarini tilayman!”.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq