#MITCKIDSFEST: bola kulgisiga aylangan bayram
02.06.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Ertak qahramonlari, shashka va shaxmat turnirlari, kimyoviy tajribalar, hayratomuz ko’zboyloqchilik tomoshalari – shular va boshqa turfa xil ko’ngilochar dasturlar o’rin olgan #MITCKIDSFEST festivali bugun bolajonlarga quvonch ulashdi.

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi Inha universitetida tashkil etilgan bayram tomoshasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlarning 300 nafardan ziyod farzandlari ishtirok etdilar.

Bayram dasturi chinakam oilaviy bayramga aylandi. Ota-onalar farzandlari bilan birgalikda mahorat darslarida qatnashdilar. O’g’il bolalar uchun futbol bo’yicha maxsus dars tashkil qilindi. Qizlar esa surat chizib, qog’ozdan turli buyumlar yasashdi. Ilm-fanga qiziquvchi bolajonlar esa haqiqiy kimyoviy tajriba mashg’ulotlarini tomosha qildilar. Ko’zboyloqchi qarshisida esa hech kim o’zini hayratdan tutib tura olmadi. Ijobiy his-tuyg’ularga, xushchaqchaq xotiralar hamda kutilmagan sovg’alarga boy bo’lgan bayram bolajonlar qalbidan bir umrga o’rin egallaydi.

Aytish kerakki, Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni nafaqat bolajonlar uchun quvonchli kun, kattalarga bola huquqlarini himoya qilish, uning baxtiyor va sog’lom bo’lib etishishi kabi dolzarb masalalarni yodga soladigan muhim sana hamdir. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi jamoasi sayyoramizdagi barcha bolajonlarni xalqaro bayram bilan muborakbod etadi, barcha bolalarning baxtli, sog’lom bo’lib voyaga etishlari hamda o’zlari sevgan sohada mehnat qilishlari, yaxshi ota-ona bo’lib voyaga etishlarini tilab qoladi. Fursatdan foydalanib, tadbirni tashkil etishda faol tashabbuskorlik ko’rsatgan hamkorlarga minnatdorchilik bildiramiz.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq