#MITCKIDSFEST bolalarga ijobiy his-tuyg‘ularni taqdim etdi
01.06.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab Toshkent shahridagi Inha universitetida #MITCKIDSFEST tadbiri bo‘lib o‘tdi.

#MITCKIDSFEST tadbiri O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (MITC), Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) va “Venkon” kompaniyasi tomonidan tashkil etildi. Intersok kompaniyasi va FC Stuttgart nemis futbol maktabi ushbu loyihani qo‘llab-quvvatladilar.

Tadbirda MITC va IUT xodimlari, shuningdek, taklif etilgan mehmonlar ishtirok etdilar.

IUT hududi sharlar va bannerlar bilan bezatildi. Tadbirda sport musobaqalari va tanlovlar tashkil etildi.

Shuningdek, bolalar “Rangli xamir” va “Sehrli kimyoviy laboratoriya” ta’limiy attraktsionlarda ishtirok etish imkoniga ega bo‘ldilar. FC Stuttgart nemis futbol maktabi tadbir ishtirokchilari uchun mahorat darslarini tashkil etdilar.

Bu haqda IUT rektori Sarvar Babaxodjayev shunday dedi: “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni – barcha ota-onalar uchun eng muhim kunlardan biridir. Men bolajonlarimizga quvonch va ijobiy his-tuyg‘ularni taqdim etgan #MITCKIDSFEST tadbirini tashkillashtirishga o‘z ulushini qo‘shgan barcha tashkilotchilarga minnatdorlik bildiraman. Bolalar tabassumi – bu ko‘zni quvontiradigan eng yaxshi mukofotdir”.

“Biz bolalarning ta’lim olishlari va rivojlanishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida barcha ishlarni qilmoqdamiz. Ta’limni rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali biz bolalarga o‘z qobiliyatlarini hamda iqtidorlarini namoyon etishga yordam berishimiz kerak”, — qo‘shimcha qildi universitet rektori.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq