Toshkent shahar IIBB “Elektron jinoyat ishi” tizimini joriy etishni rejalashtirmoqda
31.05.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Toshkent shahar IIBBda tashkil etilgan yig‘ilishda boshqarma huzuridagi Tergov bo‘limi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Majburiy ijro byurosining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish markazi va “UNIKON.UZ” DUK mas’ul xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi “Jinoyat va jinoyat protsessual qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar, jumladan amalga oshirilayotgan jinoyat ishlarini yuritish tartibini bosqichma-bosqich raqamlashtirish bo‘yicha taklif etilayotgan “Elektron jinoyat ishi” loyihasi muhokama qilindi.

Qarorga muvofiq, “Elektron jinoyat ishi” loyihasi tajriba tariqasida dastlab Toshkent shahrining Yаkkasaroy va Mirobod tumanlarida shu yilning 1-dekabriga qadar joriy etilishi ko‘zda tutilgan. Shu munosabat bilan yig‘ilish qatnashchilari tomonidan mazkur vazifalar ijrosi nazoratini amalga oshirish uchun ishchi guruhi tuzildi.

Yig‘ilishda loyihaning afzalliklari va xususan protsessual harakatlarni amalga oshirish tartiblarini, jumladan, elektron shaklda sanksiyalar olish, dalillarni to‘plash, ekspertizalar, sud muhokamasi o‘tkazish va sud qarorlarini ijro etish orqali soddalashtirish haqida batafsil tushunchalar berildi.

“Elektron jinoyat ishi” loyihasi jinoyat ishlarini yuritish jarayonlarini, shu jumladan, jinoyat ishlari bo‘yicha ish yurituvida tartib taomillarni qisqartirish va bosqichlarni chiqarib tashlash orqali uni optimallashtirishga yordam berishi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil 1-oktyabrga qadar dastlabki loyihaning sinovlari va natijalaridan kelib chiqib jinoyat ishlari bo‘yicha elektron ish yurituvi joriy qilinishi munosabat bilan jinoyat va jinoyat protsessual qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish belgilangan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq