Global tarmoqda diniy-ma’rifiy mavzularni yoritishga qaratilgan tahliliy qarashlar
31.05.2018
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

«Global tarmoqda diniy-ma’rifiy mavzularni yoritishga qaratilgan tahliliy qarashlar» mavzusida joriy yilning 29-may kuni O’zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan “Poytaxt” biznes markazida markaziy OAVda hamda internet saytlarida faoliyat olib borayotgan jurnalistlar uchun seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur seminarni o’tkazishdan ko’zlangan asosiy maqsad mamlakatimizda buyuk alloma ajdodlarimiz merosini o’rganish, milliy-diniy qadriyatlarimizni tiklash, dinlararo bag’rikenglik va hamkorlik g’oyalarini ommalashtirish, xalqimiz, ayniqsa, o’sib kelayotgan yosh avlod ongida yot g’oyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritishdan iborat.

Seminarda Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga kщmaklashish markazi yetakchi mutaxassisi J.Qudratov ishtirok etib, kibermakonda diniy jarayonlar mavzusi yuzasidan ma’ruza qildi. Tadbirga taklif etilgan mutaxassislar tomonidan mamlakatimizda hamda xorijda Global tarmoqda diniy-ma’rifiy mavzularni yoritishga qaratilgan tahliliy qarashlarning asosiy omillari, onlayn rejimida faoliyat yuritishda jurnalistlar oldiga qo’yilgan masalalar, xalqaro jamoatchilik aloqalari, axborot-siyosiy texnologiyalarni qo’llash, shu bilan birga dinni zo’ravonlik va qon to’kish bilan bir qatorga qo’yadigan buzg’unchi yot g’oyalarning asl mohiyati va maqsadlari haqida aholining, ayniqsa, yoshlarning xabardorlik darajasini oshirish va namunali diniy-ma’rifiy veb-sayt tashkil etish va yuritish bo’yicha ilg’or tajribalar borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ishtirokchilarga ma’lumotlar berildi.

Ko’tarilgan masalalar qatorida “Vaqf” xayriya jamoat fondi tashkil etilganligi to’g’risida va uning vazifalari borasida kengaytirilgan axborotni muhokama qilish, unga doir qonunchilik asoslarini takomillashtirish hamda onlayn-jurnalistlarning bilim va mahoratlarini oshirishga qaratilgan masalalar bo’yicha fikrlar tinglandi.

Tadbir davomida shu kabi qator masalalar bo’yicha tegishli fikr-mulohazalar bildirilib, kerakli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq