Axborot va jamoat xavfsizligi markazi rahbariyati Moskvada Rossiyaning “Infosistemi Djet” kompaniyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi
31.05.2018
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi mutaxassislari direktor o‘rinbosari R.Yunusov boshchiligida 2018-yil 30-may kuni Moskva shahrida Rossiyaning “Infosistemi Djet” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashdi.

Uchrashuv doirasida tomonlar o‘ta muhim ahamiyatga molik bo‘lgan infratuzilmalar obyektlarida axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari yuzasidan professional fikr-mulohaza almashdilar.

“Infosistemi Djet” kompaniyasining bosh direktori o‘rinbosari, tijorat direktori Andrey Samoylov bilan uchrashuv doirasida “Axborot xavfsizligiga tahdidlar tabiatining transchegaraviyligini inobatga olib, turli mamlakatlarning mazkur sohadagi muxatassislari hamkorlikda faoliyat olib borishlari zarur. Bundan tashqari, tadqiq etilgan xalqaro tajribalar rossiyalik mutaxassislarning axborot xavfsizligini ta’minlash masalalariga yondashuvi va hatto ayrim me’yoriy-huquqiy hujjatlar ham O‘zbekistonda qabul qilinganlari bilan bir xil ekanidan dalolat bermoqda. Bu, o‘z navbatida, hamkorlikdagi faoliyatning samaradorligini e’tirof etadi”- deya ta’kidladi R.Yunusov.

Djet kompaniyasining davlat sektori bilan ishlash bo‘yicha Dasturiy yechimlar markazidagi rossiyalik mutaxassislar quyidagi yo‘nalishlarda o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar:

— axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yangi texnologiyalar;

— axborot xavfsizligi insidentlari monitoringini olib borish bo‘yicha kompaniyaning zamonaviy yechimlari;

— axborot xavfsizligi qismi bo‘yicha situatsion markazlarning tezkor shtabi, operatorlik, server xonasini tashkil etish;

— Rossiyaning axborot xavfsizligi konsepsiyasida nazarda tutilgan masalalarni yechish bo‘yicha Rossiya Federatsiyasining yangi reglament ta’minoti;

— IT-infratuzilma va axborot xavfsizligi monitoringi.

So‘ngra o‘zbekistonlik mutaxassislarga Rossiya Federatsiyasi Tambov oblasti uchun portal formatida tashkil etilgan Jet Situation Centre yechimining demo talqini namoyish etildi.

Uchrashuv nihoyasida R.Yunusov fuqarolar ma’lumotlarini qo‘shimcha tarzda operativ qayta ishlash uchun identifikatsiya raqamlari portalini tashkil etish bo‘yicha joriy rejalar bilan kompaniya vakillarini tanishtirdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq