Thiel Capital: «O’zbekiston texnologik sektorni rivojlantirishda yuqori imkoniyatga ega»
30.05.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

29-may kuni vazirlikda O’zbekistonning IT-sohasidagi imkoniyatlarini o’rganish hamda uni rivojlantirish uchun sarmoya kiritish maqsadida yurtimizga tashrif buyurgan Thiel Capital venchur jamg’armasi vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Mazkur jamg’armaga xalqaro Paypal to’lov tizimi asoschisi Piter Til tomonidan asos solingan.

Jamg’arma bugungi kunda Facebook, LinkedIn, Asana, AirBNB, Stripe hamda boshqa ko’plab nufuzli kompaniyalar bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Axborot texnologiyalari sohasida faoliyat olib borayotgan ishlab chiqaruvchilarga rivojlanish muhtini yaratish hamda ularni qo’llab-quvvatlash maqsadida yurtimizda ish boshlagan «Mirzo Ulugbek Innovation Center» Innovatsiyalar markazi (MUIC) ayni paytda mahalliy hamda xalqaro kompaniyalarning o’zaro hamkorligini yo’lga qo’yish yuzasidan loyihalarni amalga oshirmoqda. Jumladan, Thiel Capital kompaniyasining O’zbekiston IT-sanoatiga qiziqish ham aynan mana shu tashabbuslar mahsulidir.

Uchrashuvda tomonlar mamlakatning IT-sanoatini rivojlantirish, xususan eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladigan loyihalarni tashkil qilishni muhokama qildilar. O’zbekiston tomoni mehmonlarni Innovatsiyalar markazi (MUIC) faoliyati misolida yurtimizda IT-kompaniyalarga yaratib berilgan sharoitlar bilan tanishtirdilar.

Thiel Capital jamg’armasi vakillari O’zbekiston hukumati sohaga qaratayotgan e’tiborni hisobga olib, mamlakatda texnologiyalar sohasini rivojlantirishda katta imkoniyat borligini qayd etishdi.

Ma’lumot uchun: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 22 yanvardagi №5308-son farmoni asosida venchur jamg’armalari hamda ular tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalar 2023 yilga qadar har qanday soliq to’lovlaridan ozod etilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq