2018 yilning may oyida Mobil aloqa operatorlari tomonidan qurilishi tugallangan aloqa ob’ektlari foydalanishga qabul qilindi
29.05.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspektsiyasining qurilishi tugallangan ob’ektlarni foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi farmoyishiga asosan Inspektsiyaning Toshkent viloyati hududiy bo‘linmasi mutaxassislari 2018 yilning may oyida mobil aloqa operatorlarining Toshkent viloyatidagi qurilishi tugallangan ob’ektlarini foydalanishga qabul qilish komissiyasi ishida ishtirok etishdi.

Topshirilgan hujjatlar to‘plamini tahlil qilish hamda joyiga chiqib o‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli xulosalar berildi.

Mobil aloqa operatorlari kamchiliklarni bartaraf etgach, vakolatli organlarning xulosalariga asosan jami 25 ta ob’ekt foydalanishga qabul qilindi.

Mobil aloqa operatorlari (MCHJ shakldagi “COSCOM” XK, “UNITEL” MCHJ, “UMS” MCHJ ва O‘zbektelekom AK “O‘zmobayl” filiali) tomonidan shu kabi telekommunikatsiya ob’ektlarini ishga tushirilishi iste’molchilarga sifatli aloqa xizmatlarini ko‘rsatilish imkoniyatini yaratadi.

Xususan, Bo‘stonliq, Yangiyo‘l, Olmaliq, Zangiota, Ohangaron va Oqqo‘rg‘n tumanlarida aloqa qamrovi kengayib, Internet tezligi sezilarli darajada yaxshilandi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq