Technovation tanlovi yarim finalchilari aniqlandi
28.05.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2018-yilning 25-may kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Technovation Uzbekistan tanlovining 2018-yil mavsumidagi yakuniy tadbiri Celebration Event bo‘lib o‘tdi.

Tanlov O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Toshkent shahridagi Inha universiteti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, BMTning O‘zbekistondagi ofisi, BrandUz, Startup-Mix, StartupFactory.uz, Green Business Innovation, O‘zbekistonda bola va oilalarni qo‘llab-quvvatlash uyushmasi va CodeCraft.uz tomonidan tashkil etildi.

Qayd etamiz, “Technovation Challenge” tanlovi 2010-yildan beri dunyoning 78 ta mamlakatida o‘tkaziladi. “Technovation Challenge” 15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan va faqatgina qizlar uchun mo‘ljallangan texnologik ishlanmalar tanlovidir.

Tanlovning maqsadi – qizlarda dasturlash, tadbirkorlik va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdir. Mazkur loyiha qatnashchilari barcha jalb etilgan tomonlarni texnik sohaga qiziqishini oshiradi, texnik kasblardagi qizlarning foizini oshiradi.

Tashkilotchilarning fikriga ko‘ra, tanlov doirasida olingan bilimlar qizlarga o‘ziga xos tajriba bo‘lib, raqobatli mehnat bozorida o‘zining munosib o‘rnini topish imkonini beradi. Tadbirkorlik va dasturlash ko‘nikmalari keyingi hayotlarida qisman bandlikni oilaviy majburiyatlar bilan uyg‘unlashtirish imkoniyatini beradi.

Joriy yilda mazkur dasturda qizlarning 29 jamoasi ishtirok etdi: 24 ta katta yoshdagi jamoa (15-18 yosh) va 5 ta kichik yoshdagi jamoalar (10-15 yosh). Ulardan ikkita jamoa Urganch va Qarshi shahridan.

Celebration Event tadbiri davomida jamoalar o‘zlari yaratgan mobil ilovalarni taqdim etdilar. Kichik guruh jamoalari esa sahnada taqdimotlar qildilar.

Tadbirning rasmiy qismida O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahridagi Inha universiteti, BMT Rivojlanish dasturi va O‘zbekistonda bola va oilalarni qo‘llab-quvvatlash uyushmasi hamda boshqa loyiha hamkorlari vakillari Technovation Uzbekistan mehmonlari va ishtirokchilarni qutladilar.

Technovation Uzbekistan barcha ishtirokchilari sertifikatlarni qo‘lga kiritdilar. Tadbir yakunida O‘zbekiston nomidan jahon yarim finaliga chiqqan uchta jamoa nomlari e’lon qilindi.

Yarim finalga Black Letter loyihasi bilan Technomama jamoasi, Daun sindromi bolalariga ega ota-onalar uchun SunChild mobil dastur bilan Brilliant Ideas jamoasi va ekologik PET-game loyihasi bilan Droplet jamoalari yo‘l oldilar.

Tanlovning keyingi bosqichida barcha ishtirokchilarning hamma loyihalari butun dunyo bo‘ylab namoyish etiladi. Shundan so‘ng 10 ta finalchi-jamoalar aniqlanadi, ular esa San-Fransisko, Kaliforniyada bo‘lib o‘tadigan tadbirning so‘nggi bosqichida ishtirok etadilar.

Bu haqda Toshkent shahridagi Inha universitetining rektori Sarvar Babahodjayev sunday dedi: «Technovation Uzbekistan» dasturi ikkinchi marta tashkil etilganidan xursandmiz. Biz qizlarning salohiyatini rivojlantirishga va ularni IT-sanoatiga jalb qilishga hissa qo‘shayotganimizdan faxrlanamiz. Umid qilamizki, kelgusida ular sanoat va umuman mamlakatni rivojlantirishga hissa qo‘shadilar”.

Barcha loyihalar bilan quyidagi havola orqali “Technovation Uzbekistan”ning: http://technovation.uz/allprojects2018 saytida tanishib chiqishingiz mumkin.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq