“Silverlake Group” bilan hamkorlik istiqboli muhokama qilindi
28.05.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Malayziyaning “Silverlake Group” kompaniyasi rahbari M.Redzuan Kushayri boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tomonlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishidagi hamkorlik istiqbollarini atroflicha muhokama qildilar. Xususan, «elektron hukumat» yo‘nalishi uchun yangi tizim va axborot texnologiyalari mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish yuzasidan hamkorlik qilish kelishib olindi.
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Facebookda bo`lishmoq
Twitterga qo`shmoq
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq