Toshkent shahridagi Inha universiteti abituriyentlardan hujjat qabul qilishni boshladi
25.05.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2018-2019 o‘quv yili uchun Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)ga abituriyentlardan hujjat qabul qilish 2018-yilning 25-may kunidan boshlanadi.

Аbituriyentlardan hujjat qabul qilish jarayoni

Avvalgi yillardagi kabi bu yil IUT ga hujjat qabul qilish to‘liq onlayn rejimida amalga oshiriladi.

IUT ga hujjat topshirmoqchi bo‘lgan abituriyentlar, universitet saytidagi quyidagi havola bo‘yicha onlayn shaklni to‘ldirib, ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi: https://admissions.inha.uz. Universitetga kirish shartlari bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: https://www.inha.uz/uz/howtoapply.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayonida abituriyentlar shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etgan holda pasportning elektron nusxasi, agarda bor bo‘lsa, akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji/o‘rta maktabni bitirganligi to‘g‘risidagi diplom/attestat nusxasi, 086 shakldagi tibbiyot ma’lumotnomasi, 3,5×4,5 hajmdagi surat va IELTS yoki TOEFL IBT sertifikati.

Agarda abituriyent hali akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji/o‘rta maktabni bitirganligi to‘g‘risidagi diplom/attestatni olmagan bo‘lsa, o‘quv yurtining ma’lumotnomasini taqdim etadi.

Shuningdek, 2018-yilning 9-iyul kuniga qadar diplom/attestat va IELTS yoki TOEFL IBT sertifikatining elektron nusxasini taqdim etishi lozim.

Qayd etamiz, onlayn ro‘yxatdan o‘tish 2018-yilning 9-iyul kuni soat 17:00 gacha davom etadi.

Abituriyentlarga bo‘lgan talablar o‘zgarishsiz qoldirildi. Abituriyentlar IELTS yoki TOEFL iBT sertifikatini taqdim etgan holda ingliz tilidan bilim darajasini tasdiqlashi kerak.

Bunday sertifikati bo‘lmagan abituriyentlar 2018-yilning 23-iyun kuni Britaniya Kengashida bo‘lib o‘tadigan IELTS imtihonida ishtirok etishlari mumkin.

Shu bilan birga, abituriyentlar TOEFL iBT® imtihonini ham topshirishlari mumkin. Buning uchun 2018-yilning 2 va 23-iyun kunlari Toshkent shahridagi Inha universiteti binosida o‘tadigan TOEFL iBT imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.

Shuningdek, abituriyentlar 2018-yilning 2 va 7-iyun kunlariga mo‘ljallangan IDP IELTS imtihonlarida ishtirok etishlari mumkin.

Ingliz tilidan sertifikat va yuqorida keltirilgan barcha hujjatlarni taqdim etgan abituriyentlargina quyidagi imtihonlarga kiritiladilar:

— “Kompyuter va dasturiy injiniring” yo‘nalishi bo‘yicha matematika va fizika: IELTS kamida 5.0 ball yoki TOEFL iBT kamida 50 ball;

— “Logistika” yo‘nalishi bo‘yicha matematika: IELTS kamida 6.0 ball yoki TOEFL iBT kamida 75 ball.

Ta’lim grant hamda to‘lov-shartnoma asosida

Toshkent shahridagi Inha universitetiga hujjat topshirayotgan abituriyentl
ar, onlayn ro‘yxatdan o‘tish vaqtida ta’lim shaklini tanlashlari kerak – grant yoki to‘lov-shartnoma asosida.
Qayd etamiz, Toshkent shahridagi Inha universiteti “Kompyuter va dasturiy injiniring” yo‘nalishi bo‘yicha 10 ta grant taqdim etadi. Grant asosida o‘qishni istagan abituriyentlar, yetarli ball to‘play olmasalar, to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga da’vo qila olmaydilar.

O‘zining ta’lim olishi uchun pul to‘lashga qurbi yetadigan abituriyentlarga o‘z hujjatlarini to‘lov-shartnoma asosida ro‘yxatdan o‘tkazishlarini maslahat beramiz.

Kvotа

2018-2019 o‘quv yili uchun Toshkent shahridagi Inha universiteti kamida 420 nafar talabalarni qabul qiladi. Jumladan, “Kompyuter va dasturiy injiniring” yo‘nalishi bo‘yicha 300 nafar va “Logistika” yo‘nalishi bo‘yicha 120 nafar.

Kirish imtihonlari

Toshkent shahridagi Inha universitetining “Kompyuter va dasturiy injiniring” yo‘nalishiga imtihonlar 2018-yilning 19-iyul kuni hamda “Logistika” yo‘nalishi bo‘yicha 2018-yilning 20-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Kirish imtihonlari yozma shaklda har bir fan bo‘yicha 20 tadan savol berilgan holda bo‘ladi. Javoblar uchun 60 daqiqa beriladi. Savollar umumiy ta’limning o‘quv dasturi asosida shakllantirilgan. Kirish imtihonlaridagi umumiy baholashda “Kompyuter va dasturiy injiniring” yo‘nalishi bo‘yicha matematikaning ulushi 60 foizni va fizikaning ulushi 40 foizni tashkil etadi.

Koreya Respublikasidagi Inha universiteti 2018-yilning 6-avgust kuni imtihon natijalarini o‘zining onlayn tizimi orqali e’lon qiladi.

To‘lov miqdori

Yangi 2018-2019 o‘quv yili uchun “Kompyuter va dasturiy injiniring” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi bosqich talabalari uchun to‘lov-shartnoma narxi 28,5 mln. so‘mni va “Logistika” yo‘nalishi bo‘yicha 30 mln. so‘mni tashkil etadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq