TATUga Koreya Respublikasining Jeju milliy universiteti delegatsiyasining tashrifi
24.05.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

23-may kuni Song Seok-eonJejumilliy universiteti (JNU) prezidenti boshchiligidagi delegatsiya universitetga tashrif buyurdi.

TATU va JNU o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalasi bo‘yicha tashkil etilgan uchrashuvda quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish kelishib olindi:

— salohiyatli talabalar va professor-o‘qituvchilarga magistratura va PhD dasturida ta’lim berish;

— o‘quv jarayonida kredit ta’lim tizimini joriy etishda ko‘maklashish;

— ilmiy loyihalarni bajarishda hamkorlik qilish va xalqaro maqolalar chop etish;

— o‘quv jarayoniga prfessor-o‘qituvchilar almashinuvi.

Uchrashuv yakunida universitetlar o‘rtasida Akademik hamkorlik kelishuvi doirasida Anglashinuv Memorandumi imzolandi.

Shuningdek, TATU talabalariga Jejumilliy universiteti to‘g‘risida tщliы ma’lumotlar berilib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq