IUT talabalari Koreyadagi Inha universitetining yozgi maktabida ishtirok etadilar
24.05.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Koreya Respublikasidagi Inha universiteti tomonidan 2018-yil 23-iyuldan 10-avgustga qadar o‘tkaziladigan yozgi maktabda Toshkent shahridagi Inha universitetining 10 nafar talabalari ham ishtirok etadilar.

Xusnora Jumayeva, Shaxzoda Yunusova, Enver Menadjiyev, Bexzod Aliyev, Bobur Zaitov, Vorisxon G‘anixo‘jayev, Siyavushxon Xolmatov, Xusan Yusufxodjayev, Otabek Davronbekov va Abdulloh Askarovlar Koreya Respublikasidagi Inha universitetining yozgi maktabida bepul ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.

Talabalar 2018-yilning fevral-aprel oylarida bo‘lib o‘tgan ichki tanlov natijalariga ko‘ra tanlab olindi.

Xusnora Jumayeva “Logistika” fakulteti talabalari orasida eng yaxshi biznes-rejani tayyorlash bo‘yicha tanlov g‘olibi bo‘ldi. Shaxzoda Yunusova esa Toshkent shahridagi Inha universiteti to‘g‘risidagi eng yaxshi promo-video muallifiga aylandi.

Enver Menadjiyev va Bexzod Aliyevlar, hakamlar hay’ati fikriga ko‘ra, tadbirkorlar uchun eng yaxshi saytni yaratdilar. Siyavushxon Xolmatov, Xusan Yusufxodjayev, Otabek Davronbekovlar “IUT uchun mobil ilova” nominatsiyasida g‘olib chiqdilar.

Bobur Zaitov va Vorisxon Ganixo‘jayevlar “IUT tipografiyasi uchun veb-sayt” nominatsiyasida tengsiz deb topildi. “IUT bo‘ylab ZD tur” nominatsiyasida esa Abdulloh Askarov g‘olibga aylandi.

Yozgi maktab vaqtida talabalar «Koreys tili», «Sharqiy Osiyoning siyosati hamda xalqaro munosabatlar», «Koreya va uning madaniyati», «Koreyada iqtisodiyot va biznes», «Kelajakning yangi texnologiyasi» va shu kabi kurslarda ishtirok etadilar.

Shuningdek, talabalar Koreya Respublikasining diqqatga sazovar madaniy va sayyohlik joylari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladilar.

Qayd etamiz, yozgi maktabda dunyoning turli mamlakatlaridagi universitet talabalari ishtirok etadilar. Bu o‘zbekistonlik talabalarga yangi do‘stlar orttirish, shuningdek, boshqa xalqlarning an’ana va madaniyatlarini o‘rganish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, bu yil Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari Koreya Respublikasidagi Inha universitetida o‘tadigan yozgi maktabda to‘rtinchi marotaba ishtirok etadilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq