AKT vazirligi minglab IUT talabalariga ijtimoiy yordam beradi
23.05.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)ning ming nafardan ortiq talabalariga ta’lim uchun to‘lovni amalga oshirishda ijtimoiy yordam beradi.

Bu haqda 2018-yilning 22-may kuni #MITCROADMAP2018 “ICT-tarmog‘i va IT-ta’limining rivojlanish istiqbollari, davlat va biznesning o‘zaro hamkorligi” konferensiyasida chiqish qilgan IUT rektori Sarvar Babaxodjayev ma’lum qildi.

#MITCROADMAP2018 konferensiyasi Toshkent shahridagi Inha universitetida o‘tkazilib, unda O‘zbekistonning vazirliklari va idoralari, diplomatik korpus va xususiy sektor vakillari ishtirok etdilar.

Konferensiyada so‘zga chiqqan Sarvar Babaxodjaev O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan talabalarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalarining ta’lim uchun to‘lov xarajatining bir qismini moliyalashtirish uchun qaror qildi, deb e’lon qildi.

«Biz bu haqda bugun birinchi marta e’lon qilmoqdamiz. Ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi bosqichning 1000 nafardan ortiq talabalari ta’lim uchun to‘lovni eski narxda to‘laydilar. O‘rtadagi farq esa O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan qoplanadi, — dedi IUT rektori.

Universitet rektori, shuningdek, Toshkent shahridagi Inha universitetida talabalarni o‘qitish xarajatlarini qoplash uchun qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish bo‘yicha ishlarni davom ettirayotganini qo‘shimcha qildi. U vazirliklar va idoralar, kompaniyalar va diplomatik korpus vakillarini hamkorlik qilishga chaqirdi.

Qayd etamiz, 2017-2018 o‘quv yilida Toshkent shahridagi Inxa universitetining “Kompyuter va dasturiy injiniring” yo‘nalishida to‘lov miqdori 21,05 million so‘m va “Logistika” yo‘nalishi bo‘yicha 22,1 million so‘m edi.

2018-2019 yilgi yangi o‘quv yilidan “Kompyuter va dasturiy injiniring” yo‘nalishi bo‘yicha 28,5 mln. so‘mni va “Logistika” yo‘nalishi bo‘yicha – 30 mln. so‘mni tashkil etadi.

O‘z ma’ruzasi davomida Sarvar Babaxodjaev IT-ta’lim sohasidagi so‘nggi tendensiyalar haqida gapirdi.

U AKT vazirligi rahbarligida IT-ta’lim tizimini isloh qilish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlashning yagona tizimi yaratilmoqda.

2017-yilda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etildi.

Hozirgi kunda 8 ta kasb-hunar kollejining faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. AKT vazirligi ushbu o‘quv maskanlari tayyorlaydigan mutaxassislar uchun o‘quv rejasini va talablarini qayta ko‘rib chiqmoqda.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkent shahridagi Inha universiteti IT-tarmog‘i uchun mutaxassislarni tayyorlaydi.

U o‘z so‘zida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab talabalar mavzularni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladigan ta’lim kredit tizimini joriy etishini qayd etdi.

Sarvar Babaxodjayev, shuningdek, dunyoning yetakchi kompaniyalari ishtirokida turli laboratoriyalar va markazlarni tashkil etish bo‘yicha universitetlarning faoliyatlariga ham to‘xtalib o‘tdi.

Xususan, u IUT tomonidan “SAP NextGen” laboratoriyasini ochish rejalashtirayotganini va unda talabalar dronlar, blokcheyn, Internet buyumlar (IoT), mobil ilovalar, bulutli texnologiyalar, sun’iy ong va boshqalar to‘g‘risida bilib oladilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq