Robotlar dunyoda korrupsiyaga chek qo‘yadi
22.05.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

«Metro» gazetasining ma’lumotiga ko‘ra, pul masalasida ham aralashuvchi siyosatchilar qisqa vaqt ichida inson omilini oddiy va adolatli sun’iy intellektga almashtirishi mumkin.

Inson omili oqibatlari, jumladan, poraxo‘rlik muammosi sababli ezgu-maqsadlar uchun sarflanishi mumkin bo‘lgan pullar, amaldorlarning noqonuniy harakatlari bilan ularning cho‘ntagiga «yopishib qolishi» barchaga ma’lum. Bu holat nafaqat aholi farovonligi darajasi past bo‘lgan, kam ta’minlangan mamlakatlarda, balki umuman olganda, butun dunyo bo‘ylab rivojlangan.

Bu muammoni hal etish uchun Kunvhiqar mamlakat sun’iy intellekt bo‘yicha mahalliy muhandislari yaratgan robot yordamga keldi. Muhandislardan birining nomi bilan Michixito Matsuda deb atalgan birinchi robot siyosatchini taqdim etdilar. Michihito Matsuda ismli robot allaqachon Tokio yaqinidagi Tama shaharchasida bo‘lib o‘tgan saylovda ishtirok etdi. Afsuski, robot-siyosatchi g‘alaba qozona olmadi, biroq bir necha ming ovoz olishga erishdi – bu esa juda ko‘pdir. Michihito ijodkorlari ishga ishonch bilan yondashib, robotning mantiqiy fikrga egaligi va xolisligi uni kelajakdagi o‘ttiz yil davomida ideal nomzod qilib qo‘yadi, deb hisoblaydilar.

Manba: https://robo-sapiens.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq