2026-yilda uy robotlari bozori 23 milliard dollargacha o‘sadi
22.05.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

ABI Research tahlilchilarining fikricha, kelgusi yillarda uy robotlari bozori faollashadi. 2026-yilga borib, u yiliga 100 million donaga sotiladi, pul miqdori esa 23 milliard dollarni tashkil etadi.

Manba alohida ma’lumot va maxsus tafsilotlarni bermadi, biroq AQSh bozorining yetakchisi bo‘lgan iRobot Amerika kompaniyasi bu fikrni tasdiqlaydi. O‘tgan yili uning daromadi 2,93 dan 3,69 milliard dollarga ko‘tarildi.

Shuningdek, tahlilchilar fikricha, robot o‘yinchoqlar segmenti asta-sekin pasayadi. Agar o‘tgan yili bunday vositalar miqdoriy jihatdan umumiy bozorning 75 foizini egallagan bo‘lsa, 2026-yilda ularning ulushi 47,1 foizgacha pasayadi, lekin bu segment hali ham eng katta bo‘lib qolaveradi. Ammo daromad nuqtai nazaridan, ushbu segment joriy 10 foizdan 31,7foizgacha ko‘tariladi. Bu jarayon tahlilchilarining fikricha, shaxsiy va «ijtimoiy» robotlar segmentini ishlab chiqishni talab qiladi, ehtimol, qisman bolalar robotlarining o‘rnini almashtirishi mumkin. Bu segmentning hozirgi kunda ushbu segmentning ulushi juda kam bo‘lishiga qaramasdan, 2026-yilda umumiy bozor daromadlarining 21,3 foizini tashkil etadi.

Manba: www.abiresearch.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq