OTB vakili bilan uchrashuv
21.05.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Shu yilning 21-may kuni “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida Osiyo Taraqqiyot Banki vakili Bobur Gafurov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Tashrifning asosiy maqsadi elektron hukumat dohasidagi o’zgarishlarni, normativ-huquqiy sohani takomillashtirish, fuqarolarning oʻz vaqtida va ishonchli axborot olish imkoniyatini yaratish masalarini muhokama qilishdan iborat boʻldi.

Uchrashuv mobaynida Markaz rahbariyati mehmonni Markazning hozirgi kundagi faoliyati natijalari va kelgusidagi rejalari bilan qisqacha tanishtirib oʻtdi. OTB vakilining elektron hukumat borasidagi mavjud loyihalarga tegishli savollariga batafsil javoblar berildi. Tomonlar o’zlarini qiziqtirgan masalalarrni muhoka qilishdi va bu borada o’z fikr-mulohazalarini bildirib o’tishdi.

Uchrashuv yakunida Markaz rahbariyati Osiyo taraqqiyot banki bilan kelgusida hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdi va bank loyihalari boʻyicha ma’lumotlar almashishga kelishib olishdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq