An’anaviy “Google I/O 2018 Extended”da 200 ga yaqin yosh IT-mutaxassislar ishtirok etdilar
19.05.2018
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

2018-yil 19-may kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)da an’anaviy “Google I/O 2018 Extended” konferensiyasi o’tkazilib, unda yosh mutaxassislar “Google” kompaniyasining so’nggi dastur ishlanmalari hamda axborot texnologiyalari sohasidagi eng so’nggi rivojlanish tendensiyalari bilan tanishdilar.

“Google I/O” – ishlab chiqaruvchilarga mo’ljallangan an’anaviy konferensiya “Google” kompaniyasi tomonidan San-Fransisko (Kaliforniya shtati, AQSh) shahrida o’tkaziladi.

Google I/O Extended 2018” bu yil birinchi marotaba IUT talabalari tomonidan 2018-yilning fevral oyida tashkil etilgan “Google Developer Groups (GDG)” tomonidan o’tkaziladi. Loyiha Toshkent shahridagi Inha universiteti, “East Telecom”, “The House of Tudor”, “Smart Outsourcing Solutions” (SOS) va “MacCoffee” tomonidan qo’llab-quvvatlandi.

Konferensiyada O’zbekistondagi turli universitetlarning 200 nafardan ortiq talabalari, ishlab chiqaruvchilar va dasturchilar ishtirok etdilar.

Bu yil “Google” o’zining “Google I/O” konferensiyasini 2018-yilning 8-10 may kunlari o’tkazdi. Konferensiya davomida “Google” o’zining yangi “Google Foto”, “Google Assistant”, “Google News”, “Android P”, “Google Lens” kabi mahsulotlarini taqdim etdi.

Kengaytirilgan tartibda o’tkazilgan konferensiyaning birinchi qismida ishtirokchilar

“Google I/O 2018” asosiy tadbirida namoyish etilgan “Google” kompaniyasining yangi yechimlari va mahsulotlari bilan tanishdilar.

IUTda o’tgan tadbir davomida mahalliy IT kompaniyalari vakillari o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Ular IT-sohasining turli yo’nalishlaridagi o’z bilimlari va tajribalari bilan o’rtoqlashdilar. Ular orasida “Martlet”, “Super Dispatch”, “SOS Group” va boshqa shu kabi kompaniyalarning mutaxassislari bor edi.

Qatnashchilar shuningdek, amaliy sessiyalarda ishtirok etdilar. Mazkur sessiyalar davomida yosh mutaxassislar “React”, “Kubernetes” kabi yechimlarni, mobil ilovalarni yaratish va boshqalarni o’rgandilar.

IUT talabasi hamda “Google I/O Extended” tashkilotchilaridan biri Darxonbek Mamataliyev qayd etdi: “Bu yil biz amaliy mashg’ulotlarga ko’proq urg’u berdik. Bu bilan yosh mutaxassislarimizga nafaqat yangi texnologiyalar to’g’risida ma’lumot olishga, balki ularni amaliyotda qo’llashni o’rganishlariga ham yordam berdik”.

“Shuningdek, qatnashchilar jamoada ishlash ko’nikmalariga ega bo’ldilar hamda turli innovatsion loyihalarni yaratish uchun hamfikrlarini topdilar”, — qayd etdi u.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq