TEZCARD – yo‘lkira haqqini to‘lashning innovatsion uslubi Samarqandda!
18.05.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

MChJ «TezCard» Samarqand shahridagi jamoat transportida eng zamonaviy yo‘lkira haqqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimining ishga tushgani haqida mamnuniyat bilan xabar beradi.

Joriy qilingan TezCard tizimi jamoat transportida yo‘lkira haqqini to‘lash bo‘yicha innovatsion va zamonaviy yechimi bo‘lib, to‘lovlar bilan bog‘liq jarayonlarni soddalashtirishga, to‘lovlar va yo‘lovchilarni hisoblash bo‘yicha turli muammolarni hal qilishga qaratilgan.

Yo‘lovchilarning qulayligi uchun TezCard plastik kartalari yordamida yo‘lkira haqqini to‘lash jarayoni maksimal darajada soddalashtirilgan: TezCard kartasini maxsus terminalga (validatorga) tekkizishning o‘zi kifoya. Shu zahoti terminal bilan axborot almashinuvi natijasida karta hisobidan kerakli mablag‘ yechib olinadi va shundan keyin terminaldan tasdiqlovchi chek chiqariladi. Ushbu chekni safarning oxirigacha saqlash tavsiya qilinadi.

TezCardning innovatsion to‘lash usuli yo‘lovchilarga bir qator afzalliklarni taqdim qiladi:

naqd pulsiz – to‘lov naqd pulsiz amalga oshadi

— tezkor – bir zumda vaqtni oladigan to‘lov, naqd va qaytim pul sanalishini talab qilmaydi;

— keng qamrov – tizimga ulangan avtobus va tramvay marshrutlarining kengligi;

— aniqlik – barcha to‘lovlar tiyinigacha aniqlik bilan hisoblanadi;

— qulay to‘ldirish – kartani 1200 so‘mdan ko‘proq istalgan summaga to‘ldirish imkoni.

Ushbu to‘lov usulining joriy qilinishi shu bilan birga, transport kompaniyalarga ham bir qator qulayliklarni taqdim qildi. Samarqand shahrining ba’zi marshrutlarida sinov tariqasida joriy qilinganda a’lo natijalarga erishildi:

— haydovchi va konduktorning yo‘lovchilar bilan hisob-kitob qilish vaqti ancha qisqardi;

— ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar yig‘imi ko‘tarildi;

— barcha tranzaksiyalarning shaffofligi ko‘tarildi;

— transportning ishlatilishi bo‘yicha statistika uchun axborot yig‘ish imkoni ochildi.

Kompaniya faol ravishda rivojlanib kelmoqda va TezCard tizimi doimiy ravishda rivojlanib boradi. “TezCard” kompaniyasi ushbu innovatsion to‘lov imkoni joriy qilingan marshrutlarning sonini, shu kartalarni xarid qilish va to‘ldirish mumkin bo‘lgan savdo nuqtalarini ko‘paytirishni rejalashtirib kelmoqda. Hozirgi paytda Samarqand shahrida 10dan ortiq savdo nuqtalari xizmat ko‘rsatmoqda (ro‘yxati kompaniya saytida). Shu bilan birga, kartalarni turli to‘lov tizimlari orqali to‘ldirish imkonini joriy qilish ishlari bormoqda. Bu esa ushbu xizmatning qulayligini yanada yuqori darajaga olib chiqishga imkon yaratib beradi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq