IUT bolalar uchun yozgi o‘quv lagerini tashkil qilmoqda
18.05.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) yozgi ta’til davrida 10 dan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun “Inha Tashkent Summer School” lagerini tashkil qilmoqda.

“Inha Tashkent Summer School” ilk bor o‘tkazilib, yozgi ta’til vaqtida bolalarning intellektual rivojlanishi va samarali vaqt o‘tkazishlariga qaratilgan.

Bolalarning yoshiga qarab mantiqiy matematika, ingliz tili, qiziqarli fizika, dasturlash, ona tilisi ingliz tili bo‘lgan o‘qituvchi bo‘lgan klub, robotexnika va fikrlash dizaynlari kabi mashg‘ulotlar taklif etiladi.

Dasturlash soatlarida bolalar dasturlash asoslari, veb-saytlar yaratish, HTML, C++ va Java ni o‘rganadilar.

Bitta mavsumning davomiyligi 14 yoki 21 kundan iborat bo‘ladi. Lager haftaning ish kunlari soat 9:00 dan 13:00 gacha va 14:00 dan 18:00 gacha faoliyat ko‘rsatadi.

Bolalar yosh va bilim darajasiga qarab guruhlarga bo‘linadi. Har bir guruh 20 nafar boladan iborat bo‘ladi.
IUT ning uzluksiz ta’lim markazi menejeri Dilshod Soatmurodov shunday dedi: “Inha Tashkent Summer School” – Toshkent shahridagi Inha universitetining yangi tashabbusi. Mazkur loyiha yordamida biz bolalar uchun qobiliyatlarni rivojlantirish va kashf etish uchun imkoniyatlar yaratishni xohladik”.

“Lager vaqtida bolalar nafaqat yangi bilimlarga ega bo‘lishadi, balki jamoada ishlash va o‘zgacha fikrlashni o‘rganadilar”, — deya qo‘shimcha qildi Soatmurodov.

Lagerga qatnashish uchun ota-onalar farzandlarini quyidagi sahifa orqali ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin: https://goo.gl/3fhzd8

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq