Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha Talabalar Respublika Fan olimpiadasining II bosqichi o‘tkazildi
17.05.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Joriy yilning 11-12 may kunlari universitetimizda “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha Talabalar Respublika Fan olimpiadasining II bosqichi o‘tkazildi.

Unda 56 ta oliy ta’lim muassasalarida g‘olib bo‘lgan talaba-yoshlar ishtirok etdi. Ishtirokchilar 1-2-3 turlarda dasturiy tillar (Masalalar ACM yo‘nalishida, ixtiyoriy S, S++, Delphi, Paskal va Java)dan foydalanib masalalarga yechim topishdi. 4 turda esa 50 ta informatika va axborot texnologiyalari faniga oid test topshirdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinni TATU Samarqand filiali talabasi M.N.Narzullayev, 2-o‘rinni Namangan davlat universiteti talabasi N.N.Karimov, 3-o‘rinni Qarshi davlat universiteti talabasi M.Sh.Shonazarov egalladi.

Olimpiada yakunida g‘oliblar va barcha ishtirokchilarga diplom va sertifikatlar topshirildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq