AKT vaziri KT Corporation vitse-prezidentini qabul qildi
16.05.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev 15-may kuni «Koreya Telekom» korporatsiyasi vitse-prezidenti janob Li Bek Xi bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar istiqbolda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining boshqa yo‘nalishlarida ham ikkitomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalasini muhokama qildilar.

Xususan, Koreya tomoni O‘zbekistonda telekommunikatsiya tarmoqlari va axborot texnologiyalarini, jumladan Internetga simsiz ulanish xizmatlarini joriy qilish yuzasidan uzoq muddatli hamkorlikni amalga oshirishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Har ikki tomon hamkorlikni chuqurlashtirish va birgalikda loyihalarni amalga oshirishga yuqori qiziqish bildirdi.

Aytish joizki, «Koreya Telekom» (KT Corporation) korporatsiyasiga 1981 yilda asos solingan. Bugungi kunda korporatsiyasining yillik aylanma mablag‘i 18 mlrd. AQSh dollarini tashkil qiladi. «Koreya Telekom» ayni paytda Osiyodagi yirik telekommunikatsiya operatorlaridan biri hisoblanadi. Mahalliy, shaharlararo hamda xalqaro aloqa va ma’lumot uzatish xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniya, shuningdek Koreya Respublikasidagi telekommunikatsiya tarmoqlarining va ma’lumotlar almashish asosiy qismiga egalik qiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq