Toshkent shahridagi Inha universiteti «Dasturlash soati» aksiyasini o‘tkazadi
15.05.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2018-yilning 26 va 27-may kunlari Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan «Dasturlash soati» aksiyasini o‘tkazadi.

Aksiya bolajonlarni dasturlash olamiga jalb qilish maqsadida tashkil etilmoqda. Aksiyada 9 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar ishtirok etishi mumkin.

Mazkur aksiya doirasida bolajonlar bir soat davomida o‘yin, mobil ilova yoki veb-sayt yaratish bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarga ega bo‘ladilar.

Aksiyada ishtirok etish uchun http://codecraft.uz/hour-of-code sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak. Joylar soni chegaralangan.

Eslatib o‘tamiz, 2015-yili Toshkent shahridagi Inha universiteti 9 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar uchun «Codecraft» loyihasini ishga tushirdi. Loyihaning maqsadi – bolajonlarning ijodiy iqtidorlarini yuzaga chiqargan holda kompyuterda yaratuvchanlik ishiga o‘rgatishdir.

Hozirda loyiha doirasida «Scratch» tilida dasturlash, «MIT App Inventor 2» platformasida «Android» uchun mobil ilovalar va veb-saytlar yaratish bo‘yicha kurslar o‘tkazilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq