IUT da to‘rtinchi marotaba «Google IG`O Extended» konferensiyasi o‘tkaziladi
15.05.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2018-yilning 19-may kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)da to‘rtinchi marotaba «Google I/O Extended» konferensiyasi o‘tkaziladi.

«Google I/O Extended 2018 IUT» konferensiyasi O‘zbekistondagi IT-hamjamiyatni jalb qiladi hamda ularni «Google» kompaniyasining eng dolzarb innovatsion yechimlari konsepsiyalari bilan tanishtiradi.

«Google I/O Extended 2018 IUT» bu yil birinchi marotaba IUT talabalari tomonidan 2018-yilning fevral oyida tashkil etilgan «Google Developer Groups (GDG)» tomonidan o‘tkaziladi. Loyihani Toshkent shahridagi Inha universiteti va boshqa tashkilotlar qo‘llab-quvvatlashdi.

Konferensiyada O‘zbekistondagi turli universitetlarning 200 nafardan ortiq talabalar hamda ishlab chiqaruvchilar ishtirok etishi kutilmoqda.

Kun davomida konferensiya qatnashchilari taqdimotlar, ma’ruzalar va dasturlash bo‘yicha sessiyalarda ishtirok etadilar.

Mazkur konferensiyadagi o‘z ishtiroklarini O‘zbekistondagi axborot texnologiyalari va startap-loyihalari sohasining yetakchi mutaxassislari tasdiqladilar.

Konferensiyada ishtirok etishg qiziqish bildirgan talabalar tadbirning quyidagi – https://goo.gl/forms/LAwpLPrfe7rslUI83 sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Har yili o‘tkaziladigan Google I/O konferensiyasi asosan ishlab chiqaruvchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, «Google» kompaniyasi tomonidan o‘tkaziladi hamda «Google»ning Android, Chrome, Chrome OS, Google APIs, Google Web Toolkit, App Engine va boshqalar kabi ochiq texnologiyalari va servislarining muhokamasiga bag‘ishlangan.

Toshkent shahridagi Inha universiteti 2015-yildan beri Google I/Otadbirini o‘tkazib kelmoqda. IUT talabalari mazkur konferensiyaning faol ishtirokchilari hisoblanadi. Shuningdek, ular tadbirni tashkillashtirishda bevosita ishtirok etadilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq