Davlat boshqaruvida axborot texnologiyalarini qo’llash va axborot xavfsizligini ta’minlash muammolari
15.05.2018
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

14-may kuni poytaxtimizning markazida joylashgan Toshkent davlat yuridik universitetida «Davlat boshqaruvida axborot texnologiyalarini qo’llash va axborot xavfsizligini ta’minlash muammolari» mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi bo’lib o’tdi.

So’nggi yillarda O’zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarning bosh maqsadi — kuchli, raqobatbardosh milliy idtisodiyotni yaratish va shuning hisobidan aholi farovonligini muntazam oshirib borishdir. Shu sababli davlatimizda qabul qilinayotgan qonunlar va ishlab chiqilayotgan davlat dasturlarida zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarini ko’rsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat organlarining aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy etish yuzasidan izchil ishlar olib borilmoqda.

Ushbu ilmiy-amaliy konferentsiyada axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini boshqarish va joriy etish sohasidagi bir qator tizimli muammolar va kamchiliklar yo’q emasligi ta’kidlandi.

Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko’maklashish markazi xodimi F.Xusenov “AXBOROT XAVFSIZLIGIGA BO’LADIGAN HATAR, TAHDIDLAR VA ULARNING OLDINI OLISH MASALALARI” mavzusidagi ma’ruzasida, davlat axborot tizimlari va resurslarida axborot xavfsizligini va axborotni muhofaza qilishni ta’minlash usullari to’g’risida to’xtalib o’tdi.

Konferentsiya yakunida ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq