«Xotira va qadrlash kuni» tantanali nishonlandi
09.05.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

9 may – «Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tantanali taqdirlash marosimi tashkil qilindi. Tadbirni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev ochib berib, yurtdoshlarimizga tinchlik hamda farovonlik tiladi.

Azim Axmedxadjayev qayd etgani kabi, mamlakatimizda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirishga yuqori e’tibor qaratilmoqda. Soha salohiyati har bir sohada yangi shakldagi hamkorlik uchun zamin yaratmoqda, ma’lumot almashishning ilg‘or usullarini taklif qilmoqda. Bu esa davlat xizmatlarini ko‘rsatish, davlat idoralari o‘rtasidagi samarali hamkorlikni tashkil qilish, boshqaruv jarayonlarini maqbullashtirish, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish uchun asosdir. Bugun mamlakatimiz taraqqiyoti AKT sohasi bilan chambarchas bog’langan. O‘z navbatida, soha mutaxassislarining tajriba va bilimlari esa ilmiy-texnik salohiyatning oshishi, sifatli aloqa xizmatlarini joriy qilish uchun ayni muddao.

Bayram munosabati bilan, sohada uzoq yillar mehnat qilgan, samarali mehnat faoliyatini olib borayotgan bir guruh soha xodimlariga «Mohir aloqachi», «Faxriy yorliq», «O’z ishining ustasi» kabi sohaning faxriy unvonlari topshirildi.

Taqdirlanganlarning to’liq ro’yxati «XABAR» gazetasining 2018 yil, 11 maydagi №18 sonida e’lon qilinadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq