Diktant.uz aksiyasida o‘zbek tili bo‘yicha o‘z bilimingizni sinab ko‘ring
08.05.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Diktant yozish orqali o‘zbek tili bo‘yicha savodxonlikni tekshirish imkoniyati mavjud. Mazkur aksiya Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, «Yagona integrator UZINFOCOM» MChJ va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda bir qator ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.

Mazkur Aksiyada ishtirok etish yoshi chegaralanmagan bo‘lib, unda o‘zbek tilida yozishni biladigan barcha xohlovchilar diktant yozish yo‘li orqali imlo savodxonligi bo‘yicha o‘z bilimlarini tekshirib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Aksiya 2018-yilning 11-may kuni soat 15-00 da bir paytning o‘zida quyidagi manzillar bo‘yicha o‘tkaziladi:

— Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti;

— O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti;

— Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti;

— Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti;

— Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;

— O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;

— Samarqand davlat universiteti;

— Andijon davlat universiteti;

— Qarshi davlat universiteti;

— Termiz davlat universiteti.

Aksiyada ishtirok etish uchun Diktant.uz saytida ism va sharif hamda mobil telefon raqamini ko‘rsatgan holda ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Diktant lotin yoki kirill yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosida yozilishi mumkin.

Aksiya yordamida tanishlaringiz, do‘stlaringiz va yaqinlaringizni yozma savodxonliklarini tekshirishga taklif qiling. Zero, savodxonlik – yuksak madaniyat belgisidir.

Agarda Sizda aksiya o‘tkazilish joyiga kelib ishtirok etishning iloji bo‘lmasa, hech ham qayg‘urmang. Buning uchun diktant yozishda ishtirok etmoqchi bo‘lgan barcha xohlovchilar uchun hamma bilan birgalikda diktant yozish imkoniyati mavjud. 11-may kuni soat15:00 da Diktant.uz saytida siz diktant matnini tinglagan holda maxsus oynaga diktantni yozishingiz hamda uni aksiya tashkilotchilariga tekshirish uchun yuborishingiz mumkin. Tekshirilgan diktan natijalari aksiya ishtirokchisining shaxsiy kabinetida joylashtiriladi.

Shuningdek, aksiyada ishtirok etishdan oldin diktant yozishni onlayn tarzda mashq qilishni tavsiya qilamiz. Buning uchun Diktant.uz saytining “Diktantlar” bo‘limida (avtorizatsiyadan o‘tish lozim) keltirilgan tegishli audio faylni tinglagan holda tegishli oynaga diktantni onlayn tarzda yozish imkoniyati mavjud. Diktantni yozgandan keyin audio diktantning matni tekshirish uchun havola etiladi. Shunda, siz onlayn tarzda yozgan diktantingizni mustaqil ravishda tekshirishingiz mumkin. Audio diktantni lotin yoki kirill alifbosida yozish mumkin. Buning uchun saytning tegishli tili nterfeysi tanlanadi.

Joriy yilning 11-may kuni o‘tkaziladigan aksiyada ishtirok etish uchun mazkur saytda mashq qiling va yozma savodxonligingizni oshirib boring! Barcha ishtirokchilarga diktant yozishda omad tilab qolamiz.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq