AKT vaziri urush faxriysini yo’qladi
08.05.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

9 may — Xotira va Qadrlash kuni arafasida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev Olmaliq tumanlararo pochta aloqasi tarmog‘ining 5-aloqa bo‘limida 30 yil pochtachilik qilgan urush faxriysi Yelizaveta Shillerni uyiga borib yo’qladi.

— Mehrni shu yurtdan topdim, — dedi Yelizaveta Shiller quvonch bilan. — O‘zbeklar menga o‘xshash yuz minglab urush jabrdiydalariga qaynoq bag‘ridan joy berishdi. Buni unutib bo‘ladimi? Yo‘q, aslo! Davlatimiz, shaxsan Prezidentimizning biz urush va mehnat faxriylariga ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rliklarini aytmaysizmi? Hamkasblarimizning iltifotlaridan boshim osmonda. Hamma-hammalaringizdan minnatdorman.

— Siz kabi faxriylarning ish tajribalaringiz, maslahatlaringiz soha rivoji uchun juda muhim, — dedi O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev. — Soha mehnat jamoalari nomidan Aloqachilarning kasb bayrami hamda 9 may — Xotira va Qadrlash kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik tilayman. Doimo sog‘-salomat bo‘ling.

Samimiy va dilkash suhbatdan so‘ng soha rahbari Yelizaveta Shillerga sovg‘a-salomlar, anvoyi gullarni taqdim qildi.

Shu kuni axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida uzoq yillar ishlab nafaqaga chiqqan bir guruh Ikkinchi jahon urush faxriylariga ana shunday izzatu ikrom ko‘rsatildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq