AKT vaziri «Besh avlod uchrashuvi»da qatnashdi
05.05.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

«Xotira va qadrlash kuni» arafasida Toshkent shahridagi Inha universitetida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 73 yilligi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Universitet rektori Sarvar Babaxo‘jayev tadbirni ochib, mo‘’tabar otaxonlarni bayram bilan qutladi hamda mashaqqatli davrda ko‘rsatgan jasoratlari uchun minnatdorchilik bildirdi. Besh avlod vakillari jam bo‘lgan tadbir yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Og‘ir damlarda Vatanni so‘nggi kunlarga qadar himoya qilgan nuroniylarning fikr-mulohazalari yosh avlod uchun ibrat maktabi bo‘ldi.

Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev qatnashib, mehmonlarni, xususan urush faxriylarini bayram bilan samimiy qutlab, esdalik sovg‘alarini topshirdi. Faxriylar qiyofasida chuqur minnatdorlik va quvonch zohir bo‘ldi. Ular uchun e’tibor va boshimiz ustidagi musaffo osmon bunday ulug‘vor bayram uchun chinakam sovg‘a. Harbiy kiyimdagi yoshlarning Vatan himoyachilari uchun ijro etgan kuy va qo‘shiqlari bayramga zavq bag‘ishladi.

Tadbirning badiiy qismi poytaxtimizdagi 333-sonli maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari hamda Al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining chiqishlari, Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansamblining kuy va raqslari bilan yanada shukuhli bo‘ldi.

9 may Vazirlik ham uning tizimidagi muassasalar uchun muhim hodisa. Bayram munosabati bilan vazirlik rahbariyati hamda hududiy bo‘linmalar sohada uzoq yillar mehnat qilgan mehnat faxriylari holidan xabar oladilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq