«Tashkent city» veb-sayti ishlab chiqildi
04.05.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mutaxassislari tomonidan «Tashkent city» veb-sayti ishlab chiqildi.

Dastur Toshkent shahridagi madaniy yodgorliklar, xususan mehmonxonalar, restoranlar, istirohat bog’lari, attraksionlar, masjidlar, metro bekatlari va mashhur xiyobonlar haqida axborot berish uchun mo’ljallangan. Shuningdek,sayt orqali Toshkent shahrida ro’y bergan so’nggi yangiliklar haqida ma’lumotga ega bo’lish mumkin.

Ushbu dasturdan O’zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish bo’yicha Davlat qo’mitasi, turistik kompaniyalarda qo’llanilishi mumkin.

Mualliflar Qasimova Shoista va Munavvarov Abdulloxonlar ushbu dasturlari uchun DGU 05077 raqamli guvohnomaga ega bo’ldilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq