O‘zbekistonlik mutaxassislar logistika sohasidagi so‘nggi yangiliklar bilan tanishdilar
04.05.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Vazirliklar, idoralar va logistika kompaniyalarining mutaxassislari hamda yosh professionallar 2018-yilning 3-may kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida bo‘lib o‘tgan forum doirasida logistika sohasidagi so‘nggi yangiliklar bilan tanishdilar.

“Logistika – taraqqiyot uchun yangi istiqbol” (Logistics – a new frontier for development) mavzusida o‘tkazilgan forumga Koreya Respublikasidagi Inha universiteti hamda Toshkent shahridagi Inha universiteti tashkilotchilik qildi.

Forum ishida qatnashish uchun O‘zbekistonga Koreya Respublikasidagi Inha universitetining vitse-prezidenti Cheong Inkyo rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Shuningdek, delegatsiya tarkibidan professorlar Park Yongxva, Kim Tay Seung va Park Kichanlar o‘rin oldilar.

Qayd etamiz, Koreya Respublikasidagi Inha universiteti tarkibidan “Hanjin Shipping (shuningdek, Hanjin Logistics ham) va “Korean Air”lar o‘rin olgan “Hanjin Group” uchun kadrlarni tayyorlash bo‘yicha asosiy baza hisoblanadi.
O‘zbekiston dunyo okeaniga chiqish imkoni bo‘lmagan davlat hisoblanadi. Shuningdek, O‘zbekiston (Lixtenshteyn bilan birga), dunyo okeaniga chiqish imkoni bo‘lmagan davlatlar bilan chegaradoshdir.

Mamlakat iqtisodiyotining o‘sishi hamda jahon bozoridagi raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston samarali logistika tizimini tashkil etishi lozim, bu esa o‘z navbatida, eksport-import operatsiyalariga ketadigan xarajatlarning kamayishiga olib kelishi kerak.

So‘nggi yillarda, jumladan, tashqi savdo sohasida ham, O‘zbekiston hukumati tomonidan faol tarzda iqtisodiy islohotlarning o‘tkazilishi – logistika bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan talabning ortishiga sabab bo‘lmoqda.

Forum O‘zbekistonda logistikani targ‘ib qilish hamda mazkur sohaga yoshlarni jalb etish maqsadida tashkillashtirildi.

Forum davomida Janubiy Koreyalik mutaxassislar logistika bo‘yicha o‘z bilimlari bilan o‘rtoqlashib, mazkur sohadagi so‘nggi yangiliklarni taqdim etdilar. Xususan, ular dunyo okeaniga chiqish imkoni bo‘lmagan mamlakatlarning qanday qilib, o‘z iqtisodiyotlarini rivojlantirayotgani to‘g‘risida gapirib berdilar. Ochiq iqtisodiyot ko‘proq foyda keltirishi qayd etildi.

Shuningdek, ishtirokchilar AQShning “Amazon” kompaniyasi misolida logistika tizimini rivojlantirish tajribasi bilan ham tanishdilar.

Koreyalik ekspertlar aviatsiyani rivojlantirish masalalariga ham e’tibor qaratdilar. Aviatsiya iqtisodiyotning rivojlanishiga turtki bo‘lishi qayd etildi.

Mehmonlar, shuningdek, mamlakatdagi logistika xabini rivojlantirish hamda mazkur soha uchun mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha Koreya Respublikasining tajribasi bilan o‘rtoqlashdilar.

Bu borada Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Sarvar Babaxodjayev shunday dedi: “Logistika – O‘zbekiston uchun yangi soha bo‘lib hisoblanadi. Hozirda mazkur yo‘nalish bo‘yicha bir qator oliy o‘quv ta’lim muassasalari mutaxassislar tayyorlamoqda. 2016-yildan bizning universitet ham Janubiy Koreyalik hamkorlarimizning o‘quv dasturlari bazasida logistika bo‘yicha mutaxassislar tayyorlay boshladi. Mazkur forumni o‘tkazar ekanmiz, davlat organlari va xususiy kompaniyalar mazkur sohaning rivojlanishiga e’tibor qaratadilar, yoshlar esa kelajakdagi kasblari sifatida logistikani tanlaydilar, deb umid qilamiz. Axir logistika hozirda hayotimizning ham bir jabhasida ishlatilmoqda”.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq