TATU magistri «Silk Way Startup» g‘olibi
03.05.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
TATU 1-bosqich magistri Shuxrat Agzamov «Qo‘ldan boy berma» («не упусти») Markaziy Osiyoning rivojlanayotgan davlatlarida tahsil olayotgan talaba-yoshlarning iqtidorlarini ro‘yobga chiqarish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan neupusti.net (Qozog‘iston) ta’lim portali hamda GroundZero (O‘zbekiston) kovorking hamkorligida tashkil etilgan «Silk Way Startup» loyihasida ishtirok etib, 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Mazkur loyihaning maqsadi: O‘zbekistonda axborotni qo‘llab-quvvatlash orqali yoshlarga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida, www.neupusti.net (Qozog‘iston) o‘xshagan ta’lim loyihasini yaratishdan iborat edi. Tanlovda ishtirok etgan Shuhrat Agzamov ta’lim bilan bog‘liq ko‘plab muammolar bo‘yicha innovatsion yechimlarni taklif etgan.
Manba: neupusti.net/blog/finalisty-konkursa-silk-way-startups/