Profilaktikа — muammoni oldini olish degani
03.05.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Sirdaryo viloyati Xovos tumani Gulbahor shaharchasida yashovchi fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga murojaat qilib, «Coscom» MChJ ko‘rsatayotgan Internet xizmatlaridagi uzilishlardan shikoyat qildi.

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining Sirdaryo viloyati hududiy bo‘linmasi «Coscom» MChJ XK Guliston filiali xodimlari va EMM xizmati mutaxassislarini jalb etgan holda mazkur murojaatni o‘rganib chiqdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Hovos tumani Gulbahor shaharchasi hududidagi «Coscom» MChJ XKning baza (SR-1040/4040) stansiyasining elektr tarmog‘i kabellari va shitida qisqa tutashuv sodir bo‘lgan, tortilgan yangi elektr tarmog‘i kabeli tartibsiz joylashtirilgani natijasida aloqada uzilish yuzaga kelgan.

Aloqa operatorlarining baza stansiyalarini o‘z vaqtida profilaktika qilmasligi ko‘p hollarda bu kabi uzilishlarga sabab bo‘lmoqda. Shuningdek, joylardagi baza stansiyalarida machtalarning qarovsiz qolishi, himoya qoplamalari bilan vaqtida ishlov bermaslik holatlari ham aloqadagi muammolarni keltirib chiqaradi.

Mazkur holat yuzasidan Inspeksiyaning Sirdaryo viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan “Coscom” MChJ XK Guliston filialiga ogohlantirish xati chiqarildi va ijrosi nazoratga olindi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq