«Мир» davlatlararo teleradiokompaniyasi raisi o‘rinbosari bilan uchrashuv o‘tkazildi
03.05.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Joriy yil 2-may kuni O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Mediamarkazida «Мир» davlatlararo teleradiokompaniyasi raisi o‘rinbosari Vladimir Kazarezov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida MTRK bilan «Мир» DTRK o‘rtasida, imzolangan hamkorlikka oid memorandum doirasida, videomateriallar bilan almashuv borasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik masalalari muhokama etildi. Sheriklik aloqalarining istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

O‘z navbatida, V.Kazarezov bugungi kunda, O‘zbekistonda axborot-yangilik mahsulotlari tayyorlash sohasining faol rivojlanib borayotganini alohida ta’kidladi. Shu munosabat bilan MTRK va «Мир» DTRK axborotlar almashuvi borasida ulkan salohiyatga va ehtiyojga ega ekani qayd etildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq