Bir haftada onlayn auksion orqali 4,1 mlrd. so‘mga teng avtoraqamlar sotildi
03.05.2018
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

Joriy yil 23-apreldan 29 aprelgacha bo‘lgan davr mobaynida “O‘zRTXB” AJ da 594,3 mlrd. so‘mlik bitimlar tuzilib, avvalgi haftaga nisbatan 4 foizga pasaydi. Savdo hajmning o‘sishi birja platformasida va AVTORAQAM tizimida ham qayd etildi.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda birja savdolarining hajmi 548,2 mlrd. so‘mdan 574,6 mlrd. so‘mga ko‘tarildi. Sotuvlar bo‘yicha qurilish mollari birinchi o‘rinni 37% bilan egallab turibdi. Ikkinchi o‘rinda paxta tolasining turli navlari joylashgan bo‘lib, birja bozorining 15 foizini egalladi. Keyingi o‘rinda kimyo mahsulotlari joylashgan bo‘lib, uning ulushi 14 foizni tashkil etdi.

Valyuta savdo maydonchasi orqali 3,2 mln. AQSh dollarilik mahalliy mahsulotlar sotildi. Kelishuvlarning asosiy qismini 48% ulush bilan paxta tolasi, 40% ulush bilan texnik moy band etgan. Polietilen ulushi 12 foizni tashkil etdi.

O‘tgan haftada birjaning Listing komissiyasi tomonidan neft mahsulotlari, qurilish materiallari, paxta tolasi va boshqa tovarlar bo‘yicha 100ta standart birja shartnomalari ochildi.

Ko‘rgazma-yarmarka savdolari

Ko‘rgazma-yarmarka savdolar hajmi o‘tgan haftadagi ko‘rsatkichga nisbatan 9 foizga qisqardi va 19,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan xaridlar 14,5 milliard so‘mni tashkil qildi. Bu esa umumiy kelishuvlar qiymatining 73,2 foiziga tengdir.

Imzolangan kelishuvlar soni bo‘yicha hafta yetakchisi Toshkent filiali (9,2 mlrd. so‘m) bo‘ldi. Samarqand filiali tomonidan 6,1 mlrd. so‘mga teng kelishuvlarga erishildi. Uchinchi ko‘rsatkich 1,5 mlrd. so‘mga teng bo‘lib, Buxoro filialiga tegishlidir.

Sotilgan tovarlar tuzilmasiga ko‘ra, etakchi qatorni kimyo sanoati mahsulotlari tovarlari band etdi. Bunday mahsulotlar qiymati 7,8 milliard so‘mga teng. Keyingi o‘rinlardan qurilish materiallari (4,8 milliard so‘m), engil sanoat tovarlar (2,0 milliard so‘m) joy oldi.

Avtoraqamlar bo‘yicha onlayn auktsion

23 apreldan 27 aprelgacha birjaning onlayn auktsionlari orqali 149 ta avtomobil raqamlari sotildi. Bulardan 132 tasi jismoniy shaxslarga, 17 tasi yuridik shaxslarga sotilgan. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 4,1 milliard so‘mdan oshdi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning deyarli 87% oliy toifadagi avtoraqamlarga, 6% bitimlar 2 toifa avtoraqamlar va 7% bitimlar 3-toifa avtoraqamlar bo‘yicha tuzilgan.

Xaridorlar tarkibida etakchilikni Toshkent va Toshkent viloyati avto havaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 74% ga etdi. Keyingi o‘rinda Farg‘ona viloyati avto havaskorlari 9% ulush bilan joylashdi. Uchinchi o‘rin Samarqand avto havaskorlariga tegishli bo‘lib, ularning ulushi 7% ni tashkil qiladi.

Bоshqа hududlarning ulushi 10,2% ni tashkil qiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq