Toshkentda USENET 2018 xalqaro digital konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
30.04.2018
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

Poytaxtimizda an’anaviy USENET 2018 xalqaro digital konferensiyasi o‘z ishini yakunladi.

27-aprel kuni Toshkent shahrida USENET 2018 xalqaro digital konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. 2011-yildan buyon o‘tkazilib kelinayotgan mazkur tadbirda ilk marta ishtirokchilar soni har doimgidanda ko‘pchilikni tashkil etdi va tadbirni o‘tkazishda 30 dan ortiq xalqaro kompaniyalar ishtirok etdi.

Ertalabdan kechga qadar International Hotel Tashkent mehmonxonasida Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekistondan spikerlarning chiqishlari bo‘lib o‘tdi. Konferensiyaning doimiy mehmonlaridan tashqari, O‘zbekistonda ilk marta chiqish qilayotgan yangi spikerlar, jumladan, Mash Nikita Mogutin (Rossiya), MyTarget platformasini namoyish etuvchi Olga Shokalo (Rossiya), Samsung kompaniyasi vakili Danil Ivanov (Qozog‘iston), Yandeks kompaniyasi vakili Matvey Gabov (Rossiya)lar ham ishtirok etdilar.

Аn’anaga ko‘ra, konferensiya tashkilotchisi Ledokol Group (http://ledokolgroup.com) kompaniyasi rahbari Dilshod Muzaffarov konferensiyani ochib berdi va O‘zbekistondagi internet reklama bozori hamda 2018-yilning trendlari haqidagi tahlillar bilan o‘rtoqlashdi. So‘ngra, Amir Temur zalida Select Communication Group rahbari Viktor Eliseyev (Qozog‘iston) chiqish qildi. Shundan so‘ng tinglovchilarga yanada qiziqarli bo‘lgan mavzularni tanlash imkonini yaratish uchun spikerlarning chiqishlari ikki seksiyaga bo‘lindi.

USENET konferensiyasining butun tarixida ilk marotaba alohida seksiyada to‘rtta spikerlar jamoasi blokcheyn haqida so‘z yuritishdi. Bundan tashqari, konferensiya doirasida Umid Gafurov (Troll.uz), Nikita Mogutin (MASH), Timur Abdulin (Repost.uz), To‘xtamurodov Sunatilla (Kanallani Dodasi), Timur Bakiyev (Kun.uz)lar ishtirokida «Telegram-kanallar davrida onlayn-OAVni qanday rivojlantirish mumkin?» mavzusida alohida muhokamalar olib borildi.

Alohida ma’ruzalar bilan Umid Gafurov bloging haqida, Kanallani Dodasi asoschisi To‘xtamurodov Sunatilla ikki yil ichida qanday qilib, O‘zbekistonning eng ko‘p kishili Telegram kanallarini rivojlantirgani haqida chiqishlar qildilar. 200 ming ishtirokchilari bo‘lgan «Potrebitel.uz» jamoatchilik guruhi asoschisi Liliya Nikolenko jamoatchilikni yaratish va boshqarish sirlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tadbir tashkilotchisi Ledokol Group (http://ledokolgroup.com) media agentligi hisoblanadi. Konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida o‘tkazildi.

Konferensiya bosh homiysi – Beeline Uzbekistan. Homiylar: Samsung kompaniyasi, Click mobil banking tizimi, «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog‘i.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq