Toshkent tumanidagi qulaylilkar poytaxtga tenglashmoqda
28.04.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Toshkent tumani shundoqqina poytaxt biqinida joylashgan bo‘lsada aholi ayrim masalalarda muammolarga duch keladi.

Xususan, Alisher Navoiy MFY hududida istiqomat qiluvchi yurtdoshlarimiz zamonaviy aloqa xizmatlariga ehtiyoj sezib kelishgan.

Joriy yilning aprel oyida «O’zbektelekom» AK Toshkent filiali «Qishloq joylarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo’yicha 2016-2019 yillarga mo’ljallangan dastur»ga muvofiq hududga telekommunikatsiya xizmatlarini olib kirdi.

Endilikda mahalla fuqarolar yig’ini aholisi yuqori tezlikdagi Internetdan foydalanishi va zamonaviy interaktiv televidiniyening 60 ta kanalini tomosha qilishlari mumkin. ko‘rsatilayotgan Internet xizmati tezligi 4 Mbit/s tashkil etmoqda.

Bu tarmoqdagi istalgan tarkib bilan qulay ishlash, do’stlar bilan muloqot qilish, shuningdek, davlat xizmatlaridan muammosiz foydalanish imkonini beradi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq