“O‘zbekiston pochtasi” AJ kuryerlik xizmati takomillashtirildi
28.04.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2018 yil 1 maydan QoraQalpog‘iston Respublikasi (Nukus sh.), barcha viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida kuryerlik pochta xizmati yanada takomillashtiriladi.

Bizning asosiy vazifamiz – mijolarga qimmatli vaqtlarini tejashga sharoit yaratib berish va ularni xohishi va talablariga muvofiq hujjatlar, xat-xabarlar va boshqa pochta jo‘natmalarini belgilab berilgan manzilga qisqa muddatda etkazib berishdan iborat.

Joriy yil davomida “O‘zbekiston pochtasi” AJ shaharlar va tumanlar pochta aloqasi ob’ektlarida kuryerlik xizmati ko‘rsatilishini rejalashtirgan.

Kuryerlik pochtasi orqali belgilangan tarif qiymatida turli hujjatlar, ish qog‘ozlari va xalq iste’moli mollarini jo‘natishga keng sharoitlar yaratildi.

Shuni aytish joizki, mijozlar xohishi bilan kuryerlik jo‘natmalarini (posilka, banderol, mayda paketlar) o‘rab berilishi hamda kuzatuv hujjatlari va blankalarini rasmiylashtirilishi bilan bog‘lik qo‘shimcha xizmatlar yo‘lga qo‘yilgani ham e’tiborlidir.

Kuryerlik xizmati tariflari miqdori aholi uchun hamyonbob qilib belgilangan. Jumladan, respublika hududida kuryerlik xizmatidan foydalanilganda xizmat haqi har bir chaqiruv uchun 5000 so‘m, har bir jo‘natmani adresatga etkazib berish uchun 5000 so‘m etib belgilangan (shartnoma asosida ko‘rsatilayotgan kuryerlik xizmatlari bundan mustasno).

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq