IUT matematika, fizika va ingliz tili kurslariga tanlov e’lon qiladi
26.04.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) umumta’lim maktablarining 9-10 sinflari hamda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning 1-2 bosqich o‘quvchilariga yozgi ta’tillarini foydali o‘tkazishni taklif etadi.

IUT umumta’lim maktablarining 9-10 sinflari hamda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning 1-2 bosqich o‘quvchilari uchun matematika, fizika va ingliz tili kabi fanlaridan Tayyorlov kurslarini e’lon qiladi.

Mazkur kurslar tinglovchilarga kirish imtihonlari oldidan o‘z malakalarini oshirish, yozgi ta’tilni foydali o‘tkazish hamda universitet hayotini his qilish imkonini beradi. Shuningdek, tinglovchilar IUTda o‘tkaziladigan turli xil ta’lim tadbirlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Yozgi kurs natijalariga ko‘ra muvaffaqiyatli tinglovchilar dastlabki saralashsiz bir yillik yoki ikki yillik tayyorlov kurslarining tinglovchilariga aylanadilar. Tayyorlov kurslariga ro‘yxatdan o‘tish 2018-yilning 23-aprelidan 18-may kuniga qadar quyidagi sahifa orqali amalga oshiriladi: https://docs.google.com/forms/d/1AFArGgOuUFePIRiofDyzFpKOMFIWAthPgaioDUOLEak/viewform?edit_requested=true.

20-may kuni matematika, fizika va ingliz tili fanlaridan tinglovchilarning bilim darajasini aniqlash uchun dastlabki imtihon o‘tkaziladi. Javoblar 27-may kuni e’lon qilinadi. Kurslar 2018-yil 4-iyundan boshlanadi. Darslarning davomiyligi 1,5 soatni tashkil etib, haftasiga 3 marotaba o‘tkaziladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq